Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KUNNING DOLZARB MASALALARI MUHOKAMA VA TANQIDIY TAHLIL ETILDI

×

 2024-07-29 17:31:06    21

PDF yuklash
Chop etish


Kunning dolzarb masalalari muhokama va tanqidiy tahlil etildi

 

Bugun tuman hokimligi majlislar zalida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Tumandagi korxona-tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etgan mazkur ochiq muloqotda ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlash holati, mahallalarda istiqlolning 33-yillik to’yiga olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari, soha va tizimlarga bog’liq masalalar muhokima etildi.


Tuman hokimi masalalarga doir o’z fikr-mulohazalarini tanqidiy nuqtai nazardan bayon etdi va har bir mutasaddi rahbar berilgan har bir topshiriq va ko’rsatmalarni so’zsiz bajarilishiga mas'ul ekanligini qayd etdi. Sohalarda yo’l qo’yilgan kamchiliklar, aholi murojaatlari bilan ishlash holati tanqidiy tahlil etildi.

 

Tadbir davomida “O’zsuvta'minot” AJ So’x tumani bo’limi boshlig’i Farhodjon Azimbekov, ma'naviyat va ma'rifat markazi So’x tumani bo’limi boshlig’i Gulshanjon Ibragimov, So’x tuman elektr ta'minoti korxonasi rahbari Sherzodjon Rahimovlar so’zga chiqib, sohadagi muammo-kamchiliklar va ularning hal etilishiga oid ma'lumotlar berib, fikrlarini bayon etdilar.

 

So’x tumani prokurori Sadirali Mirzokarimov va tuman adliya bo’limi boshlig’i Bunyodjon Enazarovlar ham qo’yilgan masalalarga oid fikr bildirib, ijro intizomiga qat'iy rioya etish har bir mutasaddi rahbarning birinchi galdagi vazifasi ekanligini ta'kidladilar.

        So’x tumani hokimligi Axborot xizmati















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram