Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

20 NAFAR XOTIN-QIZLARGA “AYOLLAR JAMG’ARMASI” FONDI ORQALI BIR MARTALIK MODDIY YORDAM BERILDI

×

 2024-07-27 13:50:42    396

PDF yuklash
Chop etish


20 nafar xotin-qizlarga “Ayollar jamg’armasi” fondi orqali bir martalik moddiy yordam berildi

 

Ayollar, ayniqsa, ehtiyojmand va ijtimoiy ko’makka muhtoj xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash, ularni har tomonlama himoya qilish bo’yicha Respublikamizda yaxlit tizim yaratilgan. “Ayollar daftari”ni yuritilishi mana shunday fuqarolar doimiy e'tiborda ekanligidan dalolat.

 

O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi vakili A. Solihov, tizimning Fargona viloyat kengashi raisi E. Nuraliyev, tuman hokimi o’rinbosari, oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i M. Safarovalar ishtirokida tumanimzning tumandagi Qal'acha, G’aznov, Tul, Rovon, Sarikanda va Mulgon mahalla fuqarolar yig’inlari xotin-qizlar faollarining ish faoliyati yuzasidan o’rganishlar olib borildi.

 

Mazkur o’rganishlardan asosiy maqsad “Ayollar daftari”ning 5-bosqichida ko’rsatilgan amaliy yordamlarning haqqoniyligini o’rganishdan iborat edi. Mazkur o’rganishlarga bag’ishlab tuman madaniyat markazining majlislar zalida ochiq muloqot o’tkazildi.

 

Tadbirda xotin-qizlar faollari tomonidan olib borilgan ishlar muhokama va tahlil qilindi. O’rganishlar olib borilgan mahallarda “Ayollar daftari”ga kritilgan ishsiz xotin-qizlarni pillachilik va mavsumiy ish bilan band qilinganligi va 3, 4, 6 toifalarga kiritilgan 20 nafar xotin-qizlarga “Ayollar jamg’armasi” fondi orqali bir martalik 1 360 000 ming so’mdan moddiy yordam berilganligi aniqlandi.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram