Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SHAXSIY VA JAMOAT TRANSPORT VOSITALARINI NOGIRONLIGI BO’LGAN SHAXSLAR UCHUN MOSLASHTIRISH XARAJATLARI QISMAN QOPLAB BERILADI

×

 2024-07-27 13:49:18    257

PDF yuklash
Chop etish


Shaxsiy va jamoat transport vositalarini nogironligi bo’lgan shaxslar uchun moslashtirish xarajatlari qisman qoplab beriladi


2024-yil 1-oktyabrdan boshlab Toshkent shahar va xalqaro yo’lovchi tashish yo’nalishlarida, 2025-yil 1-yanvardan boshlab Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlararo, shahar atrofi, tuman (shahar)lararo avtobusda yo’lovchi tashish yo’nalishlarini joylashtirish uchun tenderlarda nogironligi bo’lgan shaxslar uchun to’siqsiz muhitni ta'minlovchi uskunalar bilan jihozlangan avtobuslarga ega bo’lgan tashabbuskorlar ishtirok etadi.


Bunda ishtirok etuvchi tadbirkorlarning avtobuslarni moslashtirish xarajatlarining 50 foizi, biroq BHMning 30 baravarigacha bo’lgan qismi Ijtimoiy himoya davlat jamg’armasi mablag’lari hisobidan qoplab beriladi.


Shuningdek, ushbu sanadan boshlab shahar yo’lovchi transportida I guruh nogironligi bo’lgan shaxs va ularga hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxsga bepul xizmat ko’rsatiladi.


Qolaversa, I guruh nogironligi bo’lgan shaxslarning shaxsiy avtotransport vositalarini moslashtirish xarajatlarining 50 foizi (BHMning 30 baravarigacha) ham Ijtimoiy himoya davlat jamg’armasi mablag’lari hisobidan qoplab beriladi.


Zafariddin Zafarov - So’x tuman “Inson” IXM nogironligi bo’lgan shaxslar bilan ishlash bo’limi bosh mutaxassisi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram