Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2024-07-25 17:04:41    22

PDF yuklash
Chop etish


Bilasizmi?

 

“Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo’siboy o’g’li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to’g’risida”gi Prezident Qarori (PQ-258-son, 16.07.2024 y.) qabul qilindi

 

- Qarorga ko’ra, Ajiniyoz Qo’siboy o’g’li tavalludining 200 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanadi.

 

Shoir tavalludining 200 yilligini nishonlash hamda uning ijodiy merosini keng targ’ib qilish bo’yicha quyidagi vazifalarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi, jumladan:

 

shoirning “Tanlangan asarlar” to’plamini o’zbek va qoraqalpoq tillarida nashr qilish;

 

shoirning hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan sahna asarlari hamda “Ajiniyoz” badiiy-publitsistik filmini yaratish va ularning taqdimotlarini uyushtirish;

 

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida shoir muzeyini tashkil qilish;

 

Ajiniyoz Qo’siboy o’g’lining Mo’ynoq tumanidagi qabrini obodonlashtirish va unga yodgorlik o’rnatish, mazkur tumanda Ajiniyoz Qo’siboy o’g’li nomidagi ekopark barpo etish;

 

2024 yilning noyabr oyida Alisher Navoiy nomidagi hamda Berdaq nomidagi davlat akademik teatrlarida shoir tavalludining 200 yilligiga bag’ishlangan tantanali adabiy-badiiy xotira kechalarini tashkil etish.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram