CEKTOR RAHBARI YOSHLAR BILAN UCHRASHDI
2024-07-25 16:56:32 159
Cektor rahbari yoshlar bilan uchrashdi
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda joylarda ularning muamolarini aniqlash va tizimli bartaraf etishga oid o’tkazilayotgan tadbirlar ham tom ma'noda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tumanning 4-sektori hududida o’tkazilgan sektor rahbari va yoshlar uchrashuvida So’x tumani IIB JXX probatsiya guruhi hisobida turgan yoshlar ham tadbirda ishtirok etdi ularing muammolari o’rganildi.
Tadbirda ishtirok etgan tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i, 4-sektor rahbari Faridjon To’raboyev yoshlar bilan muloqot qilib, ularning muammolarini o’rganish va tizimli hal etish davlat siyosati darajasida ekanligini ta'kidladi.
Mazkur uchrashuvda qilingan har bir murojaat manzilli o’rganilishi va ularga haqiqiy yechim topish yuzasidan aniq chora-tadbir belgilanishi alohida qayd etib o’tildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram