Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ISTIQLOL BAYRAMINI MUNOSIB KUTIB OLISH MAQSADIDA TOZALIK VA OBODONGARCHILIKNING “DOLZARB O’N KUNLIGI” E'LON QILINDI

×

 2024-07-25 16:27:29    24

PDF yuklash
Chop etish


Istiqlol bayramini munosib kutib olish maqsadida tozalik va obodongarchilikning “Dolzarb o’n kunligi” e'lon qilindi

 

Ayni kunlarda respublikamizning barcha hududlarida istiqlolimizning 33-yilik to’yini munosib kutib olish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. Ushbu yo’nalishda So’x tumanida ham tuman hokimligida tashkil etilgan shtab a'zolari tomonidan tizimli ishlar olib borilayotir.

 

Tumanda istiqlol bayramini munosib kutib olish uchun tozalik va obodongarchilik ishlarini kuchaytirish maqsadida “Dolzarb 10 kunlik” e'lon qilingan. Mazkur o’n kunlik doirasida tumanimizning barcha hududlarida tozalik va obodonchilik ishlari amalga oshiriladi.

 

Bugun tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligidagi ishchi guruh Istiqlol va Rovon mahallasida olib borilayotgan ishlarni ko’zdan kechirishdi. Tuman hokimi bevosita ushbu yo’nalishda joylashgan barcha xondonlarni ko’zdan kechirib, tadbirkorlik sub'ektlari vakillari bilan yuzma yuz suhbat qilib, tozalik va ozodalikka rioya qilish har bir fuqaroning yashash manzilidan boshlanishini qayd etdi.

 

Markazda joylashgan xonadonlarning tozaligi, ozodaligi, ijtimoiy soha ob'ektlarini bayramga xos ravishda tayyorlash va jihozlash, ko’cha atrofini tozalash, daraxtlarni oqlash va ularga shakl berish, ariqlarni tozalash, umuman mustaqillikning shonli 33-yillik bayramini ko’tarinkilik bilan kutib olish uchun birdamlikda amaliy ishlarni bajarishga doir kerakli ko’rsatma va tavsiyalar berildi.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram