ISTIQLOLIMIZNING SHONLI TO’YIGA BAG’ISHLAB TADBIR O’TKAZILDI
2024-07-25 16:23:54 178
Istiqlolimizning shonli to’yiga bag’ishlab tadbir o’tkazildi
Istiqlolimizning 33-yillik to’yi davlatimiz rahbarining qaroriga asosan bu yili katta tantana va shodiyona sifatida nishonlanadi.
Qarorga ko’ra, Mustaqilligimizning 33-yillik shonli sanasi chinakam umumxalq bayrami, ozodlik va saodat ayyomi sifatida ko’tarinki kayfiyatda kutib olinadi hamda mamlakatimizning bugungi taraqqiyot darajasi, yuksalish sur'atlariga munosib tarzda nishonlanadi.
Tashkiliy-amaliy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar hamda targ’ibot-tashviqot ishlari “Bir bo’lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan bosh g’oyani o’zida mujassam etgan holda o’tkaziladi. Aynan shu ezgu g’oya asosida bizning tumanimizda ham turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, do’stlikni tarannum etuvchi kechalar o’tkazilmoqda.
Lenbur mahalla fuqarolar yig’inida o’tkazilgan tadbirda qo’shni Qirg’iziston respublikasidan tashrif buyurgan mehmonlar ham ishtirok etishdi.
Darhaqiqat, istiqlol buyuk ne'mat. Mustaqillik sharofati tufayli mamlakatimizdagi yuksalishlar qatori qo’shnilar bilan o’zaro do’stlik va hamkorlik rishtalari yanada mustahkamlandi. Lenbur mahallasi va Apkan ovuli aholisini ham asrlar osha shakllangan do’stlik rishtasi o’zaro mustahkam bog’laydi
Tadbirda ishtirok etib so’zga chiqganlar eng avvalo, mustaqillikning xalqimiz hayotidagi o’rnini yorqin misollar bilan bayon etib, istiqlol xalqlar do’stligini mustahkamlashdagi asosiy omil ekanligini ham alohida ta'kidlashdi. O’zbek, tojik va qirg’iz tillarida yangragan ko’y-qo’shiqlar barcha ishtirokchilarni do’stlik sahnasiga chorladi. Istiqlol bayramiga bag’ishlab o’tkaziladigan ma'nafiy-ma'rifiy tadbirlar sentyabr oyigacha davom etadi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram