NOGIRONLIGI BO’LGAN SHAXSLARGA QULAY VA TO’SIQLARSIZ MUHIT YARATISH BO’YICHA PREZIDENT QARORI IMZOLANDI
2024-07-25 16:16:35 176
Nogironligi bo’lgan shaxslarga qulay va to’siqlarsiz muhit yaratish bo’yicha Prezident qarori imzolandi
Qarorga muvofiq:
2024-yil 1-oktyabrdan dastlab byudjet mablag’lari, davlat korxonalari va markazlashtirilgan manba mablag’lari hisobidan quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va ta'mirlanadigan shaharsozlik hujjatlari loyihalarining texnik qismi muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizadan o’tkaziladi.
Tadbirkorlar hamda NNT mablag’lari hisobidan quriladigan obektlar loyihalariga esa 2025-yil 1-yanvardan boshlab ushbu amaliyot tatbiq etiladi.
Shuningdek, “Xavfsiz yo’l va xavfsiz piyoda” jamg’armasi mablag’larining 10 % qismi chorrahalarda xavfsiz va to’siqsiz muhit yaratish bo’yicha qurilish-ta'mirlash va jihozlash ishlariga yo’naltiriladi.
Bunda qurilish ishlari har yili 1-noyabrga qadar Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Zafariddin Zafarov - So’x tuman “Inson” IXM nogironligi bo’lgan shaxslar bilan ishlash bo’limi bosh mutaxassisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram