“G’AMXO’RLIK” GURUHLARI FAOLIYATI YO’LGA QUYILADI
2024-07-25 16:14:35 267
“G’amxo’rlik” guruhlari faoliyati yo’lga quyiladi
Sog’lig’ida og’ir darajada nuqsoni bor bolalarni jamiyatga moslashishiga mo’ljallangan “G’amxurlik” guruhlari tashkil etiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 25 yanvardagi 46-sonli qaroriga asosan, alohida ta'lim ehtiyoji bo’lgan og’ir darajadagi sog’lig’ida nuqsoni bor bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim tashkilotlarida qisqa muddlatli “G’amxurlik” guruhlari faoliyati yo’lga quyiladi.
“G’amxurlik” guruhlari:
2024 yil 1 fevraldan Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlarda;
2024 yil 1 apreldan Toshkent viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlarda;
2024 yil 1 avgustdan respublikaning qolgan hududlaridagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlarda tashkil etiladi.
“G’amxurlik” guruhlari ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga qabul qilinmaydigan alohida ta'lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarni qisqa muddatga (4 soatgacha) parvarishlash, ta'lim-tarbiya berish hamda ularni jamiyatga moslashishiga ko’maklashish maqsadida tashkil etilmoqda.
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida tashkil etilgan “G’amxurlik” guruhida bolalarning ta'lim olishi bepul amalga oshiriladi.
Yusufjon Marufjonov - “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi
bolalarni ijtimoiy himoya qilish shu'basi bosh mutaxassisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram