Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HARBIY XIZMATCHILAR VA ULARNING OILA A'ZOLARI UCHUN SAYYOR QABUL TASHKIL ETILDI

×

 2024-07-24 16:45:50    20

PDF yuklash
Chop etish


Harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari uchun sayyor qabul tashkil etildi

 

 

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolarini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, mavjud muammolarini joylarga chiqqan holda o’rganib, hal qilinishini ta'minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi harbiy prokuraturasi, mudofaa vazirligi hamda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan hamkorlikda sayyor va ommaviy qabullar o’tkazish rejasi qabul qilingan. Rejaga asosan bugun tumanimizning Qizilqiyoq mahallasida joylashgan harbiy qismda mazkur tadbir o’tkazildi.

 

 

Sayyor qabulda O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o’rinbosari - O’zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, adliya polkovnigi Botir Bahromovich Qudratxo’jayev, O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo’yicha o’rinbosari general-mayor Qarshiyev Hamdam Aliqulovich, O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya qo’mondoni o’rinbosari, polkovnik Mamayusupov Sarvar Dehqonovich, respublikafavqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari, podpolkovnik Abdiyev Soatmurod Bekmurodovich, Qurolli Kuchlar vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etishdi.

 

 

Tadbir avvalida harbiy qism majlislar zalida ochiq muloqot bo’lib o’tdi.

 

 

Shundan so’ng O’zbekiston Respublikasi harbiy prokuraturasi, mudofaa vazirligi hamda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan qabulga kelgan fuqarolar alohida qabul qilindi. Respublika vakillariga qabulga kelgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari o’z muammolari yuzasidan murojaat etdilar.

 

Qilingan murojaatlarnining aksariyati sayyor qabul jarayonida hal etildi va ijrosi muddat talab etiladigan murojatlar yechimi yuzasidan chora-tadbirlar belgilanishi va hech bir murojaat nazoratsiz qolmasligi qayd etilib, murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram