Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2024-07-22 17:30:59    183

PDF yuklash
Chop etish


Bilasizmi?

 

Ko’p yillik ish staji uchun beriladigan har yilgi qo’shimcha mehnat ta'tili qanday xodimlarga beriladi?



Bu masalada amaliyotda juda ko’plab savollar kelmoqda. Mehnat kodeksining 220-moddasida xodimga u bitta tashkilotda yoki tarmoqda ishlagan har besh yil uchun davomiyligi ikki kalendar kun bo’lgan, biroq jami sakkiz kalendar kundan ko’p bo’lmagan har yilgi qo’shimcha mehnat ta'tili beriladi deb yozilgan ya'ni bu yerda aynan xodim uzliksiz bitta tashkilotda yoki tashkilotning tarmoqlarida ishlasin degan qoida mavjud emas.


Masalan, xodim 10 yil bir tashkilotda ishlab nojuya xatti xarakati sababli ishdan bo’shadi, biroq 2 yildan so’ng yana shu ishxonaga yoki ishxonaning biron tarmog’iga ishga kirdi va bu xodimga ham bemalol MKning 220-moddasini qo’llagan holada 4 kunlik staj uchun uzaytirilgan ta'til berilishi to’g’ri.


Mehnat kodeksining 226-moddasiga asosan har yilgi mehnat ta'tilini olish huquqini beradigan ish stajini hisoblab chiqarish tartibi belgilangan. Unga ko’ra, Har yilgi asosiy mehnat ta'tilini olish huquqini beradigan ish staji jumlasiga quyidagilar kiritilmaydi:


xodim uzrli sabablarsiz ishda bo’lmagan vaqt;


xodim ishdan chetlashtirilgan davrlar, bundan ushbu modda birinchi qismining to’rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollar mustasno;


ushbu Kodeks 405-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan bolani parvarishlash uchun beriladigan ta'tillar vaqti.Zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlaridagi, shuningdek noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun har yilgi qo’shimcha mehnat ta'tillarini olish huquqini beradigan ish stajiga faqat mazkur sharoitlarda haqiqatda ishlab berilgan vaqt kiritiladi.


Masalan, xodim tashkilotda 3 yil ishladi va 2 yil bola parvarishlash ta'tilida bo’ldi. Bu xodimga qo’shimcha 2 kunlik ta'til berib bo’lmaydi chunki, MKning 226-moddasida bolani parvarishlash uchun beriladigan ta'tillar vaqti mehnat ta'tilini olish huquqini beradigan ish staji jumlasiga kiritilmagan.


O’ktamjon Ergashev - So’x tuman adliya bo’limi bosh maslahatchisi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram