SO’X TUMANI HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLARI MUVOFIQLASHTIRUVCHI KENGASHINING NAVBATDAGI KENGAYTIRILGAN YIG’ILISHI BO’LIB O’TDI
2024-07-22 17:29:48 208
So’x tumani huquqni muhofaza qiluvchi organlari muvofiqlashtiruvchi Kengashining navbatdagi kengaytirilgan yig’ilishi bo’lib o’tdi
Bugun ichki ishlar bo’limi majlislar zalida So’x tumani huquqni muhofaza qiluvchi organlari muvofiqlashtiruvchi Kengashining navbatdagi 6 oylik yakunlariga bag’ishlangan kengaytirilgan yig’lishi bo’lib o’tdi. Mazkur yig’ilishda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman hokimi o’rinbosarlari, tuman sektorlari rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, mahallalar yettiligi ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirda tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2024 yil 6 oyidagi faoliyati tahlil etilib, umumlashtirildi va tanqidiy muhokama etildi. Dastavval, tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov ishtirokchilarga mazkur tadbirga doir ma'lumot berdi.
Tuman prokurori o’rinbosari Olimjon Do’stov kun tartibiga qo’yilgan masalaga oid ma'ro’za qildi va tumanda 6 oy davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga doir qilingan ishlar xususida keng qamrovli ma'lumot berdi. Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning dinamikasi 2023 yil ko’rsatgichlari va 2024 yilning olti oyligi yakunlariga ko’ra tahlil qilindi.
Tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev ham maslaga doir o’z fikr-mulohazalarini bayon etdi.
Tadbir davomida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev kun tartibidagi masalaga oid to’xtalib o’tdi va yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etishga doir qat'iy ko’rsatma va topshiriqlar berdi. Jinoyat sodir bo’lmagan mahallalar rasilariga minnatdorchilik izhor etildi va yuqori ko’rsatgichlarga ega mahallalar yettiligini rag’batlantirishga tavsiya etildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram