XALQ QABULXONASIDA FUQAROLARNING NAVBATDAGI QABULI O’TKAZILDI
2024-07-19 15:40:24 386
Xalq Qabulxonasida fuqarolarning navbatdagi qabuli o’tkazildi
O’zbekiston Respulikasi Prezidentining So’x tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli o’tkazildi
Qabulda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tuman Xalq qabulxonasida yig’ilgan, muammosi va murojati bo’lgan fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, murojaatlarini birma-bir tingladi.
Mazkur qabulda tuman Xalq kabulxonasi mudiri Sobirjon Normatov, tumandagi mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida moddiy yordam, ishga joylashtirish, uy-joy qurishda yordam berish, kredit olish, qishloq yo’llarini ta'mirlash va kadastr hujjatlarini tayyorlashda yordam berish bilan bog’liq bo’lgan murojaatlarni tingladilar.
O’ndan ortiq murojaatlar joyida ijobiy hal etilishida aniq ko’rsatmalar berildi. Vaqt talab etiladigan murojaatlar bo’yicha tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar ko’rilishi, har bir murojaat asoslicha o’rganilib chiqilib, qonuniy yo’l bilan yechimini xal etilishi nazoratga olindi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram