Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

E'LON!

×

 2024-07-19 15:38:52    396

PDF yuklash
Chop etish


E'LON!

Hurmatli fuqarolar, ijtimoiy tashabbuslarni qo’llab-quvvatlashda yuqori natijalarga erishgan, jamiyat rivoji uchun tashabbus ko’rsatayotgan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo’llab-quvvatlagan, jumladan yoshlarni kasb hunarga o’rgatish, ularning bandligini ta'minlash, shuningdek ijtimoiy soha muassasalari infratuzilmasini yaxshilashda faol ishtirok etgan tuman (shahar) hokimliklari, davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, tadbirkorlik sub'ektlari, jismoniy shaxslar o’rtasida “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” respublika ko’rik-tanlovi o’tkazilmoqda.

         Tanlov har yili avgust – oktyabr oylarida o’tkaziladi. Tanlov boshlanishidan bir oy oldin ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda tanlov o’tkazilishi haqida e'lon qilinadi.

         Tanlov o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:

-             hududlarda ijtimoiy masalalarni muvaffaqiyatli hal etishga qaratilgan tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash va jamiyatda ijtimoiy tashbbuskorlikni rivojlantirish;

-             ijtimoiy tashabbuslar orqali aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo’llab-quvvatlash;

-             ijtimoiy tashabbus yordamida hududdagi ijtimoiy soha muassasalari infratuzilmasini yaxshilash;

-             mamlakatimizda ijtimoiy tashabbuskorlikka erishish masalalariga jamoatchilik e'tiborini keng jalb etish;

-              ijtimoiy tashabbus ko’rsatgan ishtirokchilarning ilg’or tajribasini aniqlash, umumlashtirish va targ’ib qilish.

Mazkur tanlov quyidagi 3 ta bosqichda tashkil etiladi:

birinchi bosqich – tuman (shahar) miqyosida avgust oyida;

ikkinchi bosqich – Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar miqyosida (birinchi bosqich g’oliblari o’rtasida) sentyabr oyida;

uchinchi bosqich – respublika miqyosida

(ikkinchi bosqich g’oliblari o’rtasida) oktyabr oyida.

Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o’tkaziladi:

“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat organi”;

“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor nodavlat notijorat tashkiloti”;

“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor tadbirkorlik sub'ekti”;

“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor fuqaro”;

“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor hokimlik” (ikkinchi bosqichdan).

 

“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” respublika ko’rik-tanlovida faol ishtirok etishingizni so’raymiz!

Qo’shimcha ma'lumotlar olish uchun + 998 73 462 50 54 raqamiga qo’ng’roq qilishingiz mumkin.

Xalq deputatlari So’x tumani kengashi kotibiyati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram