O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING JORIY YIL 11-12 IYUL KUNLARI FARG’ONA VILOYATIGA HUDUDIGA TASHRIFI DAVOMIDA BERILGAN TOPSHIRIQLARI YUZASIDAN SO’X TUMANI HOKIMI SAYIDBAHROM SAYIDMUSAYEVNING TUMAN XALQIGA MUROJAATI
2024-07-19 15:35:06 188
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 11-12 iyul kunlari Farg’ona viloyatiga hududiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan So’x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayevning tuman xalqiga
MUROJAATI
Assalomu alaykum hurmatli So’xliklar!
Davlatimiz rahbarining joriy yilning 11-12 iyul kunlari Farg’ona viloyatiga hudud sanoati va infratuzilmasining rivojlanishi, mahallalarda olib borilayotgan yirik bunyodkorlik ishlari bilan tanishish, yangi yirik loyihalarga start berish yuzasidan tashrifi davomida bizga yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdilar.
Muhtaram Prezidentimiz raisligida o’tkazilgan faollar yig’ilishida So’x tumanini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilib, qator mas'uliyatli topshiriq va vazifalar berildi.
So’x aholisi 83,9 mingga yaqinlashganini inobatga olib, tumanda salohiyatli tadbirkorlar ko’pligi, imkoniyat ham, sharoit ham keragidan ortiqligi, agar to’g’ri yondashuv va tizimli ishlar tashkil etilsa, investitsiya, ishlab chiqarish, ish o’rini va eksportini ikki karrasiga oshirish mumkinligini ko’rsatib o’tildi.
Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha alohida dastur ishlab chiqdik.
Tumanda baliqchilikni rivojlantirish uchun “So’x” daryosi qirg’oqlaridan samarali foydalanish maqsadida bir necha yildan buyon foydalanmasdan kelingan er maydonlarida suv havzalarini tashkil qilish orqali 60 tonna baliq yetishtirish yo’lga qo’yiladi.
Shuningdek yangi uzlashtirilayotgan “Qayroq” massivida 200 gektar yer maydoni tanlab olinib, birinchi bosqichda 80 gegtarda malina plantatsiyasi tashkil etiladi.
Hamda kooperatsiya usulida ish tashkil qilinib 50 sotixdan lotlarga bo’lib, 160 nafar ijtimoiy kumakka muxtoj oilalarga bo’lib biriktirib beriladi.
Shunnigdek Javpaya massividagi uzlashtiriladigan 60 gektar yer maydonlarida dorivor usimliklarini yetishtirish yo’lga quyiladi ushbu hududda 100 ming tup tut plantatsiyasi tashkil etiladi. Tumanimizning o’sish nuqtalaridan biri ipakchilik ekanligi hech kimga sir emas.
Tumanni iqtisodiy rivojlantirish maqsadida Prezidentimiz belgilab bergan yangicha tizim asosida ish olib borib, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o’tkazib, ularning muammolarini hal etish, qo’shimcha imkoniyatlarini ishga solish orqali joriy yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 147,4 mlrd so’mga yetkazib, 1,8 barobarga oshiraman.
Davlatimiz rahbari dunyodagi hozirgi o’ta murakkab sharoitda jahon bozorlariga yangi yo’l ochish, investitsiya olib kelish bo’yicha aniq vazifalar belgilab berdilar.
Shundan kelib chiqib 2024-2025 yillar davomida umumiy qiymati 46,6 mln dollarlik 8 ta loyihalarni shakllantirib oldik va Shundan 2024 yil yakuniga qadar jami 23.6 mln.dollar miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o’zlashtiriladi.
So’x tumani Sarikanda MFY Gaiston massivda qishloq xo’jaligi toifasidagi 12 ga yer maydoni toifasini o’zgartirish hisobiga (Hukumat kamissiyaga taklif kiritilgan bo’lib) umumiy qiymati 10.0 mln.dollarlik “Turizm ob'ektlari”ni (sihatgoh, tibbiy turizm va dam olish maskanlari) tashkil etiladi.
“Mulgon” MFY hududida joylashgan 1,3 gektar yer maydoniga Rossiyalik investor “NISO” MChJ tomonidan xizmat yo’nalishida “Kompleks savdo markazi” loyihasini amalga oshirish orqali 2,0 mln.dollar to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar o’zlashtiriladi.
So’x tumanida usish nuqtasi turizm ya'ni tibbiy turizm bo’lganligi sababli, bugungi kunda “So’x smart AYTI” MChJ tomonidan qiymati 2,0 mln dollarlik tibbiy diagnostika markazi hamda 40 o’rinli travmatalogiya, ginekologiya va kardiologiya faoliyatini yo’lga qo’yish bo’yicha qurilish ishlari boshlandi.
Hurmatli Prezidentimizning 2022 yil may oyida viloyatimizga tashriflari davomida So’x tumanida tibbiyot turizimini rivojlantirish bo’yicha tizimli topshiriqlar berilgan edi. Mazkur topshiriqlar ijrosi natijasida 2022-2023 yil davomida qiymati 2.1 mln dollarlik 11 ta tiibbiy xizmat ko’rsatish loyixalari ishga tushirilib 105 ta yangi ish o’rinlari tashkil qilindi. 2024 yilda qiymati 15 mlrd.so’mlik 3 ta tibbiy xizmat ko’rsatish loyixalari foydalanishga qabul qilinadi. Mazkur loyixalarda hozirda qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
Ma'lumot uchun: tumandagi birgina “Sabrina Nevromed” xususiy klinika misolida 2023 yilda jami 1557 nafar fuqarolar, shuningdek, 2024 yil 6 oy davomida 816 nafar Qirg’iz Respublikasi fuqarolari uchun tibbiy xizmatlar ko’rsatilgan.
Yana bir loyixa misol tariqasida kuradigan bulsak, Joriy yil yakuniga qadar davlat xususiy sherikchilik asosida “Al Bexruz qurilish invest” MChJ tomonidan qiymati 8,0 mlrd.so’mlik diagnostika markazi hamda nevralogiya faoliyatini yo’lga qo’yish bo’yicha qurilish ishlari olib borilmoqda.
Qurilish materiallari ishlab chiqarish xajmini oshirish orqali tannarxni pasaytirish, yangi qurilayotgan uy-joylar uchun qurilish materiallariga bo’lgan ehtiyojlarni tumanda ishlab chiqarilgan beton plita va beton mahsulotlari bilan ta'minlash bo’yicha bergan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida yil yakuniga qadar tumanda qurilish yo’nalishida 5 ta loyihalar ishga tushiriladi.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan eksportyor korxonalarni qo’llab quvvatlashi natijasida tumanda 2023 yilda 6,6 mln. dollar eksport qilingan. Joriy yil yakunida bu ko’rsatkichni 11,6 mln. dollarga yetkazaman.
Aholi daromadlarini oshirish, kambag’allikni qisqartirish maqsadida yil yakuniga qadar tumanda 6 377 nafar aholi bandligi ta'minlanadi, jumladan:
investitsiyalar, tashqi savdo va mahalliy sanoatni rivojlantirish yo’nalishida – 355 ta;
moliya-iqtisod, tadbirkorlik va kambag’allikni qisqartirish yo’nalishida aholini doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlarda band qilish – 5 636 ta;
qurilish, transport va kommunal sohalarida aholini doimiy ishlarda band qilish va korxonalarda norasmiy ishlayotgan xodimlarni vaqtinchalik prognoz ko’rsatkichlari – 386 ta aholi bandligi ta'minlanadi.
Aholini kambag’allikdan chiqarish va daromadini oshirish maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshiraman.
Jumladan:
Mahallalarda qiymati 16,9 mlrd so’m bo’lgan 540 ta kichik ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish mikroloyihalarini ishga tushirish hisobiga ikkinchi yarim yillikda 1 962 nafar aholi band qilinadi.
Shuningdek
O’zini-o’zi band qilish - 750 ta
Yakka tartibdagi tadbirkorlik - 245 ta
Yangi korxonalar - 212 ta
Dehqon xo’jaliklari - 1 126 ta tashkil etiladi.
Mahalla tomorqasida va uy xo’jaligida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish doirasida yil yakuniga qadar 945 nafar aholi bandligi ta'minlanadi, ushbu maqsadlarga jami 24,9 mlrd so’m imtiyozli kredit mablag’lari yo’naltiriladi;
Bank mijozlari bilan uchrashuvlar tashkil etib, ularni muammolarini hal qilish orqali 1 050 ta yangi ish o’rni yaratiladi.
Bugungi kunda migratsiyada yurgan, hatlov natijasida kam daromad olayotganligi aniqlangan 448 nafar fuqarolarni qaytarib va ularni doimiy daromadga ega, kafolatlangan ish o’rin bilan ta'minlayman.
Bunda ularni bilim va ko’nikmalaridan kelib chiqib ishlab chiqarish korxonalariga joylashtiriladi. Shuningdek kasb-hunar va tadbirkorlikka o’qitilib, subsidiya hamda imtiyozli kredit mablag’lari hisobidan tadbirkorlikka yo’naltiriladi.
Aholini tamorqadan foydalanishi madaniyatini yanada oshirib, mazkur yo’nalishda “Sayxunobod”, “Uychi tajribalari”ni keng qo’llayman.
Davlatimiz rahbarining bergan vazifa va topshiriqlaridan tegishli hulosa chiqargan holda Men o’z komandam va albatta Sizlar bilan birgalikda mazkur vazifalarni to’laqonli bajarishda bor kuch-g’ayratim va shijoatimni sarflayman.
Bunda Allohni o’zi madadkor bo’lsin!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram