Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HUDUDLARNI FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH BO’YICHA QO’MONDONLIK-SHTAB O’QUV MASHQLARI O’TKAZILDI

×

 2024-07-17 17:01:31    253

PDF yuklash
Chop etish


Hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo’yicha qo’mondonlik-shtab o’quv mashqlari o’tkazildi


O’zbekiston Respublikasi Favkulodda vaziyatlar vazirining 2024 yil 20 iyundagi 1-son tashkiliy ko’rsatmasiga asosan, joriy yilning 16-18 iyul kunlari ”O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining Andijon, Farg’ona va Namangan viloyatlari hududiy qo’yi tizimi boshqaruv organlari, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuch hamda vositalarining aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo’yicha hamkorlikdagi xarakatlari” mavzusida xamkorlikdagi qo’mondonlik-shtab o’quv mashqlari o’tkazilishi belgilanganligi munosabati bilan So’x tumanida ham mazkur mashqlarning o’tkazilishi ta'minlandi.

 

1-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida o’tkazilgan qo’mondonlik-shtab o’quv mashqlarida tuman hokimi vakillari, tuman favqulodda vaziyatlar tarkibiga kiradigan barcha tashkilot-korxona va muassasalarning xodimlari o’zlarining texnika vositalari bilan ishtirok etishdi.

 

Qo’mondonlik-shtab o’quv mashqining jarayonida “Tuman boshqaruv organlari, kuch va vositalarining tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha harakatlari” hamda “Zilzila sodir bo’lgan hududlarda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni olib borish” bosqichlari ko’rib chiqildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram