SO’X TUMANIDA TA'LIM SOHASIDA OLIB BORILAYOTGAN AMALIY ISHLAR TAHLIL QILINDI
2024-07-17 16:31:02 184
So’x tumanida ta'lim sohasida olib borilayotgan amaliy ishlar tahlil qilindi
Yurtimizda oliy va professional ta'lim dargohlariga kirish imtihonlari o’tkazilayotgan ayni paytda, So’xlik abituriyentlar uchun tumanning o’zida barcha shart-sharoitlar yaratib berildi.
Bugun So’x tumaniga tashrif buyurgan O’zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri o’rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov boshchiligidagi ishchi guruh test sinovlari o’tkazilayotgan “Sug’diyona” sport majmuasiga tashrif buyurib, abituriyentlar uchun yaratib berilgan sharoitlar, xavfsizlik hamda nazorat ishlari bilan yaqindan tanishdi. Abituriyentlarning ota-onalari bilan suhbatlashib, ularni qiynayotgan ta'lim sohasidagi turli masalalar yuzasidan yechim va maslahatlar berildi.
Mehmonlar So’x tumani kasb-hunar maktabida ham bo’lishdi. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida mehmonlar mazkur muassasada yoshlarning dual ta'lim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, maktabning mavjud moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, mavjud muammolar o’rganilib, bartaraf etish choralari ko’rildi.
Tashrif chog’ida oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining o’rinbosari Sarvarxon Buzrukxonovga Farg’ona viloyati hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari Sherzod Rahimov va O’zbekiston Respublikasi olyi ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Farg’ona viloyati hududiy boshqarmasi vakili Tuychiboy Boymatovlar hamrohlik qildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram