RASMAN: TUL CHEGARA NAZORAT-O’TKAZISH PUNKTIDA JOYLASHGAN “DO’STLIK” KO’PRIGI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2024-07-17 15:54:34 199
Rasman: Tul chegara nazorat-o’tkazish punktida joylashgan “Do’stlik” ko’prigi foydalanishga topshirildi
“Qo’shnichilik ming yilchilik” deydi dono xalqimiz. Aytish lozimki, O’zbekiston va Qirg’iziston respublikalari o’rtasidagi musthkam do’stlik va hamkorlik munosabatlari bugungi kunda yangi bosqichga ko’tarilgan. Ikki qo’shni va qardosh xalq Prezidentlari – Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarovlarning kuchli siyosiy irodalari tufayli bu hamkorlik kundan kunga tobora rivojlanib bormoqda.
Xabaringiz bor, So’x-Rishton yo’nalshidagi Tul chegara nazorat-o’tkazish punktida joylashgan “Do’stlik” ko’prigida nosozlik yuzaga kelganligi bois, salkam ikki oy davomida mazkur ko’prik to’li rekonstrutsiya qilindi. Bugun ikki qardosh xalq vakillari ishtirokida mazkur ko’prik rasman foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Batken viloyati gubernatori Abdikarim Alimbayev, rasmiy vakillar, ikki qardosh xalqning yoshlari va nuroniylari ishtirok etdilar. Tadbirda so’z olgan ikki viloyat rahbarlari o’rnatilgan mustahkam hamkorlik va tobora rivojlanayotgan hamdo’stlik munosabatlari ikki xalqning ertangi porloq kelajagiga qaratilganligini alohida ta'kidladilar. O’zaro qo’ni-qo’shnichilik munsobatlari yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirildi.
Tadbir davomida ikki qardosh xalq nuronyilari tomonidan ko’prikning ramziy lentasi qirqildi. Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov va Batken viloyati gubernatori Abdikarim Alimbayev ikki xalq vakilari bilan samimiy suhbatlashdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram