Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

STATISTIKA

×

 2024-07-15 14:39:35    169

PDF yuklash
Chop etish


Statistika

 

So’x tumanida “2024 yilda aholi bandligini ta'minlash, daromadlarini oshirish va tadbirkorlikka jalb qilish dasturi”ga muvofiq joriy yil yanvar-may oylarida jami 5 546 ta (143%) yangi ish o’rinlari tashkil etildi, shundan 2 576 tasi doimiy ish o’rni.

 

Xususan, investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 347 ta nafar (119,2%), xizmat ko’rsatish sohasida tashkil etilgan yangi ob'ektlar va xizmat ko’rsatish ko’chalari tashkil etish hisobiga 1,8 ming nafar (76,7%), qishloq xo’jaligida aholi tomorqasidan samarali foydalanish va dehqon xo’jaliklari tashkil etish hisobiga 3,2 ming nafar (168,7%), qurilishda yangi uy-joylar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida qurilish ishlari olib borilayotgan ob'ektlar hisobiga 107 nafar (72,9%) fuqarolarimizning bandligi ta'minlandi.


Bandlik dasturi doirasida yangi ish o’rinlari yaratish bo’yicha yanvar-iyun oylariga belgilangan 4 760 ta ish o’rni rejasi 5 546 taga (2 576 tasi doimiy ish o’rni) yoki 1,6 baravarga ortig’i bilan bajarilishi kutilmoqda.


Shu jumladan, iyun oyiga belgilangan 1 148 ta (520 tasi doimiy) ish o’rinlarini 1 448 taga yoki 126 foizga bajarilishi ta'minlanadi.


Joriy yil yakuni bilan, tumanga joriy yil uchun belgilab berilgan 9,2 mingta rejani 10,3 mingtaga bajarilishi kutilmoqda.


                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram