XALQ DEPUTATLARI SO’X TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI
2024-07-13 15:10:10 335
Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi
Tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi to’qsoninchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining barcha o’rinbosarlari, bo’lim boshliqlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiya kun tartibiga 2024-2025 yillarda So’x tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va investitsiya dasturlarini amalga oshirish borasida amalga oshiriladigan ishlarni muhokama qilish hamda bu bo’yicha chora-tadbirlar dasturi loyihasini tasdiqlash masalasi kiritildi.
Masala yuzasidan sessiya ishtirokchilari tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev hisobotini tinglashdi. Kun tartibiga qo’yilgan masala yuzasidan tuman hokimi deputatlarga o’z ma'ro’zasida keng qamrovli ma'lumotlar yetkazdi.
Tuman hokimi o’z ma'ruzasida tumanni 2024-2025 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va investitsiya dasturlarini o’z vaqtida, samarali va tizimli tashkil etish, bu borada mas'ullarning shaxsiy javobgarligini oshirish, jamoatchilik va deputatlik nazorati yo’lga qo’yish yuzasidan alohida to’xtalib o’tdi.
Sessiya davomidagi muzokaralarda deputatlar masala bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bayon etdilar.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram