O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI O’RMON XO’JALIGI AGENTLIGI DIREKTORI SO’X TUMANIDA!
2024-07-13 15:08:19 321
O’zbekiston Respublikasi o’rmon xo’jaligi agentligi direktori So’x tumanida!
Tumanimizga tashrif buyurgan O’zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi huzuridagi o’rmon xo’jaligi agentligi direktori Bakirov Nizomiddin Jalilovich ishtirokida tuman hududlarida mazkur soha istiqboliga oid o’rganishlar olib borildi.
So’x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida mehmonlar tumanning diqqatga sazovor hududlarida bo’ldilar.
Tashrif va o’rganishlar jarayonida So’x tumani daryo va soylari bo’yida eko-turizm manzillarini tashkil etish, mahalliy va xorijlik turistlarning hordiq chiqarishi uchun qulay sharoitlar borligi ta'kidlandi.
Shuningdek, shu yerning o’zida asalarichilik, ko’chatchilik, dorivor o’simliklar yetishtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jonlantirish lozimligi qayd etildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram