KADASTR MA'LUMOTI
2024-07-13 15:06:41 254
Kadastr ma'lumoti
Bugungi kun holatiga:
Er resurslarini talon-toroj qilinishining oldini olish va noqonuniy qurilmalarni bartaraf qilish maqsadida:
Tuman bo’yicha jami 79 ta holatda 3.9 gektar yer maydonlari jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o’zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.
Shundan, 47 tasi ixtiyoriy bartaraf etilib, 3,0 gektar yer maydoni dastlabki holatiga qaytarilgan.
O’zboshimchalik bilan egallangan 0.92 gektar maydondagi noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish bo’yicha sudlarga 32 ta da'vo-arizalari kiritilgan.
Sud tomonidan qanoatlantirilgan 8 ta da'vo-ariza - 0.43 gektar.
Sud jaryonida ko’rilayotgan 19 ta da'vo-ariza 0.47 gektar.
Qolgan 5 ta holatda o’zboshimchalik bilan egallangan (noqonuniy qurilmalar qurilgan) 0.002 gektar yer maydonlarini bartaraf etish bo’yicha sudga da'vo-arizasi kiritish uchun xujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Ushbu davrda yerga oid qonun buzilishi holatlari yuzasidan jami 3 ta jinoyat ishlari, shundan prokuratura organlari tomonidan 3 ta jinoyat ishlari qo’zgatilgan bo’lib, mazkur jinoyat ishlari bo’yicha noqonuniy egallangan 0.3 gektar yer maydonlarining talon-toroj qilinishi oldi olingan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram