SEKTOR RAHBARLARI VA YOSHLAR UCHRASHUVI SAMIMIY TARZDA BO’LIB O’TDI
2024-07-10 15:43:54 340
Sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi samimiy tarzda bo’lib o’tdi
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda joylarda ularning muamolarini aniqlash va tizimli bartaraf etishga oid o’tqazilayotgan tadbirlar ham tom ma'noda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tumanimizning Sarikanda mahalla fuqarolar yig’inidagi 4-sonli umuiy o’rta ta'lim maktabida o’tkazilgan uchrashuvda tuman sektorlari rahbarlari ishtirok etdilar. Tadbirda mahalla yoshlari, maktab bitiruvchilari, So’x tumani IIB JXX probatsiya guruhi hisobida turgan yoshlar ham ishtirok etishdi va ularing muamolari o’rganildi.
Tadbirda ishtirok etgan tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev, tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov, tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i Faridjon To’raboyev, tuman Xalq qabulxonasi mudiri Sobirjon Normatovlar yoshlar bilan muloqot qilib, ularning muammolarini o’rganish va tizimli hal etish davlat siyosati darajasida ekanligini ta'kidlashdi.
Qilingan har bir murojaat manzilli o’rganilishi va ularga haqiqiy yechim topish yuzasidan topshiriqlar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram