Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TA'LIM DARGOHI BITIRUVCHILARIGA VA KASB EGALARIGA AYLANGAN TALABALARGA DIPLOMLAR TAQDIM ETILDI

×

 2024-07-06 18:25:44    20

PDF yuklash
Chop etish


Ta'lim dargohi bitiruvchilariga va kasb egalariga aylangan talabalarga diplomlar taqdim etildi

 

Bugun Guliston mahalla fuqarolar yig’inidagi kasb-hunar maktabida 2023-2024 o’quv yili bitiruvchilariga diplomlar topshirish marosimi bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev barcha bitiruvchilarni ushbu unutilmas kun bilan tabrikladi.

 

Tadbir jarayonida barcha bitiruvchilarga diplom va tashakkurnomalar topshirildi. O’quv dargohini a'lo va namunaviy tugatgan bir guruh bitiruvchilarga imtiyozli diplomlar taqdim etildi.

 

Tadbirda tuman hokimi o’rinbosarlari Ilhomjon Abdumajidov va Madinaxon Safarovalar ham ishtirok etishdi. Ta'lim dargohini a'lo baholar bilan bitirgan imtiyozli diplomlar sohibiga aylangan talabalarning ota-onalariga samimiy minnatdorchilik bildirildi va tadbir san'at ustalarining chiqishlari bilan yanada fayzli o’tdi.

 

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram