Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 188 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAXOVATPESHA FUQARO O’Z HISOBIDAN MAHALLADAGI KO’CHANI ASFALTLASHTIRDI

×

 2024-07-05 14:53:12    25

PDF yuklash
Chop etish


Saxovatpesha fuqaro o’z hisobidan mahalladagi ko’chani asfaltlashtirdi

 

Bugungi kunda tumanimizda keng ko’lamli qurilish-ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilpyati. Olib borilayotgan amaliy ishlar samarasi o’laroq, qishloqlarimiz, mahallalarimizning siymosi tubdan o’zgarmoqda.

 

Mana shunday xayri ishlarga hissa qo’shayotgan fuqarolarimiz borligi esa, kishini quvontiradi. Bugun saxovatpesha fuqarolarimiz xalqimizning og’irini yengil qilish yo’lida astoydil harakat qilishmoqda: albatta, bunday xayrli ishlarning ajru savobi ham boshqacha bo’ladi.

 

- Mahalladoshimiz Bahodirjon Mamajonov yaqinda umra ziyoratidan qaytib keldilar. Bir qo’li saxovatga doimo ochiq Bahodirjon-aka o’z hisobidan Tul mahalla fuqarolar yig’inidagi ko’chalarning birini asfaltlashtirmoqdla. Butun mahalla bu ezgu amaldan xursand, - deydi mahalla raisi.

 

Saxovatpesha vatandoshimiz o’z hisobidan mahalladagi “Guliston” ko’chasini asfaltlashtirishiga hissa qo’shdi. Bugun saxovatpesha fuqaroning ezgu amali tufayli mahallada yana bitta tekis va ravon ko’cha paydo bo’ldi.

        

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram