Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLADA YANGI MINI-STADIONNING OCHILISH MAROSIMI BO’LIB O’TDI

×

 2024-07-04 17:56:47    19

PDF yuklash
Chop etish


Mahallada yangi mini-stadionning ochilish marosimi bo’lib o’tdi

 

Saribozorcha mahallasidagi yoshlar uchun bugungi kun chinakamiga bayramga aylanib ketdi. Chunki mahallaning 29-sonli maktabida qurilgan yangi, zamonaviy, sun'iy qoplamali mini-stadion tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev, hokim o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov va tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi mudiri Foziljon Mirzoyevlar ishtirokida foydalanishga topshirildi.

 

Mahalla ahli, yoshlar va nuroniylar ishtirok etgan tadbirning so’ngida musobaqa tashkil etildi.   

 

Saribozorcha mahallasida “Openbudget”da g’olib bo’lgan loyiha – 29-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida yozgi sport maydonchasi qurish, maktab sport zalini rekonstruktsiya qilish va 10 kVtli quyosh panellari o’rnatish ishlari oxiriga yetkazilib, mana bugun yangi stadion mahalla ahliga taqdim etildi.

 

Mazkur loyiha 2023 yilning 2-mavsumida g’olib deb topilgan va 3 177 ovoz bilan ushbu loyihaga 700 million so’m mablag’ yo’naltirilgan edi.

 

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram