Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YONG’IN OQIBATLARI BARTARAF ETILDI

×

 2024-07-03 10:45:31    13

PDF yuklash
Chop etish


Yong’in oqibatlari bartaraf etildi


“Olov - tilsiz yov” degan gap bor xalqimizda. “O’t balosidan asrasin” degan gapning negizida ham katta ma'no va mazmun mujassam.


Kuni kecha G’aznov mahallasining “Gulbog’” ko’chasidagi 18-xonadonda yong’in chiqgan. Favqulodda vaziyatlar bo’limi yong’in xavfsizligi bo’limi va mahalla ahlining birdamligida yong’in o’chirildi va uning boshqa qo’shni xonadonga o’tmasligi oldi olindi.


Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligidagi tezkor shtab a'zolari voqea joyida bo’lishib, yong’in oqibatlarini bartaraf etish choralari ko’rildi. Eng asosiysi, yong’inda oila a'zolari yoki qutqaruvchilarga zarar yetkazilmagan.


Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev mahalla faollari va xonadon egalari bilan suhbatlashdi va mazkur oilaga So’x tumani hokimligi tomonidan yaqindan yordam berishni ta'kidladi.

 

Ma'lumot uchun: Respublikamizda joriy yilning 1 iyulidan 1 avgustigacha yong’in xavfsizligini ta'minlash bo’yicha dolzarb 30 kun tadbiri o’tkaziladi. Mazkur tadbirda faollik ko’rsatib, ishtirok etishga barcha tumanimiz aholisini chorlab qolamiz.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram