Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 71 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSHLAR KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIR TASHKIL ETILDI

×

 2024-07-01 15:08:32    138

PDF yuklash
Chop etish


Yoshlar kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi

 

Tumanimizning “Shabboda” dam olish maskanida 30 iyun - Yoshlar kuniga bag’ishlab tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Yoshlar ishlari Agentligi So’x tumani bo’limi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman sektorlari rahbarlari ishtirok etishdi.

 

Tadbirda so’z olgan tuman hokimi barcha So’xlik yoshlarni bayram bilan tabriklab, yoshlarga davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan e'tibor haqida alohida to’xtalib o’tdi.

 

Sarikanda mahalla yoshlar yetakchisi Dodohayit Hasanovning Prezidentimiz qo’lidan “Kelajak bunyodkori” medalini qabul qilib olishi ham So’xlik yoshlarga davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan cheksiz e'tibordan nishona.

 

Dodohayit Hasanov ham so’z olib, taqdirlash marosimidan olgan taassurotlari bilan o’rtoqlashdi. Tuman sektorlari rahbarlari ham barcha yoshlarni bayram bilan tabrikladilar.

   

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda fa'ol ishtiroki, o’zining namunali xulqi, fidoyiligi, tashabbuskorligi hamda 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan barcha yoshlar yetakchilariga tashakkurnoma va qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram