SOYBOZOR MASSIVIDAGI OBISHIRSOY SEL YO’LIDA SUV TOSHQINI OQIBATLARI BARTARAF ETILMOQDA
2024-06-29 15:42:08 405
Soybozor massividagi Obishirsoy sel yo’lida suv toshqini oqibatlari bartaraf etilmoqda
Bugun Obishirsoy sel yo’lidan oqib kelgan suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish maqsadida tuman hokimligida tashkil etilgan tezkor shtab a'zolari tuman hokimi boshchiligida mazkur hududda bo’lishdi. Sel oqibatlarini bartaraf etish maqsadida tuman obodonlashtirish idorasi ishchi-xodimlari va texnikalari jalb etildi.
Daryo o’rtasida to’planib qolgan tosh-shag’al, yog’och, shikastlangan daraxtlar shox-shabbalari va sel tufayli oqib kelgan boshqa narsalarni olib tashlash uchun shaxsiy texnika vositalari ham safarbar etildi. Ayni damda tashkil etilgan shtab a'zolari tomonidan qilingan ishlar nazoratga olingan va mazkur hududda aholi xavfsizligini ta'minlashga doir ishlar olib borilyapti.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram