DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
2024-06-29 15:38:05 231
Dolzarb masalalar muhokama qilindi
Bugun tuman hokimligida Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi 89-sessiyasi bo’lib o’tdi.
Sessiyada Kengash deputatlari, tumandagi sektor rahbarlari, korxona tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiya kun tartibiga qo’yidagi masalalar qo’yildi:
1. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va kotibiyati xodimlarining xorijiy mamlakatlarga chiqishi bilan bog’liq munosabatlarini tartibga solish to’g’risida.
2. Tuman Kengashi deputatlari tomonidan o’z saylovchilari oldida axborot berishning namunaviy tartibini qabul qilish to’g’risida.
3. 17-Qaqir saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Q.Amirbekov arizasi to’g’risida.
4. Huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari hisobotini eshitishning namunaviy tartibini tasdiqlash to’g’risida.
5. Tuman mahalliy byudjetini 1-chorak ijrosi hisoboti va tuman mahalliy byudjetini birinchi chorak shakllangan qo’shimcha mablag’larni sarflanish yunalishlari to’g’risida.
6. Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish va “Fuqarolar tashabbusi jamg’armasi”dan mazkur tadbirlarga mablag’lar ajratish to’g’risida.
7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvar kungi PQ-39-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 2024 yil 6-oy davomida bajarilgan ishlar to’g’risida.
Sessiyaga qo’yilgan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axboroti va hisoboti tinglandi.
Kun tartibidagi masalalarga oid deputatlar o’z fikr-mulohazalarini muzokaralar chog’ida bayon etdilar.
Kun tartibidagi masalalarga doir tegishli qarorlar qabul qilindi va navbatdagi sessiya yakuniga yetdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram