ISHSIZ FUQAROLAR TOMONIDAN TO’LANADIGAN ALIMENT MIQDORI OSHDI
2024-06-29 15:36:31 1894
Ishsiz fuqarolar tomonidan to’lanadigan aliment miqdori oshdi
Oila kodeksining 140-moddasida, agar aliment to’lovchi shaxs ishsiz bo’lsa yoki uning ish haqi to’g’risidagi ma'lumotlar taqdim qilinmasa, aliment undirilayotgan vaqtdagi o’rtacha oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqib, aliment miqdori hisoblanadi, deb ko’rsatilgan.
1 ta farzand uchun – 1 379 848.41 so’m
2 ta farzand uchun – 1 839 797.88 so’m
3 ta farzand uchun – 2 759 696.82 so’m
Mazkur kodeksning 99-moddasi ikkinchi qismiga ko’ra, har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to’lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo’lmasligi kerak. Bu summa hozirgi kunda 278250 so’mni tashkil etadi.
Jamshed Mirxisenov - Byuroning Marg’ilon shahar bo’limi davlat ijrochisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram