Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyun 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 67 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ADLIYA BO’LIMI XODIMLARI ISHTIROKIDA MAHALLADA SAYYOR QABUL O’TKAZILDI

×

 2024-06-28 16:08:41    108

PDF yuklash
Chop etish


Adliya bo’limi xodimlari ishtirokida mahallada sayyor qabul o’tkazildi


So’x tuman adliya bo’limi tomonidan tumanning 2-sektor hududidagi Saribozorcha mahalla fuqarolar yig’inida mahalla yettiligi ishtirokida “Adliya kuni” tadbiri doirasida sayyor qabul o’tkazildi.


Sayyor qabulda tuman adliya bo’limining yuridik xizmat ko’rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi, tuman elektr ta'minoti korxonasi xodimlari va boshqa korxona-tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

 

Tadbir davomida huquqiy muammosi bo’lgan 35 nafar fuqarolar ishtirok etib ularning muammoli murojaatlari tinglandi. Sayyor qabulda uy-joy, tadbirkorlik, tug’ilganlik guvohnomasidagi xatolar, aholidan chiqindilar tashish uchun tarif xizmatlari va soha tomonidan xizmat ko’rsatishdagi muammolar, elektr energiyasi bo’yicha va boshqa masalalarga oid murojaatlar tinglandi va ularning hal etilishiga doir chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram