O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YANGI TAHRIRDA QABUL QILINGAN “SUDLAR TO’G’RISIDA”GI QONUNI XALQ MANFAATIGA XIZMAT QILMOQDA
2024-06-28 15:31:02 171
O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirda qabul qilingan “Sudlar to’g’risida”gi qonuni xalq manfaatiga xizmat qilmoqda
Ijtimoiy munosabatlar rivojlangan sari sud-huquq islohatlarida ham yangi qonun normasini qabul qilishga extiyoj seziladi albatta.
O’zbekiston Respublikasida sud tizimi rivojanishi tarixiga nazar tashlasak, 1993 yil 2 sentyabrda “Sudlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilingan.
Mazkur qonun bilan sudlar faoliyati tartibga solingan (Konstitutsiyaviy sud bundan mustasno).
2021 yil 28 iyul kuni yangi tahrirdagi “Sudlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.
Mazkur qonun qabul qilinganligi munosabati bilan 1993 yil
2 sentyabrda “Sudlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni hamda 2000 yil 14 dekabrda “Sudlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni yangi tahriri o’z kuchini yo’qotgan deb topildi.
Yangi tahrirda qabul qilingan qonunda sudyalar maqomi, ularning mustaqilligi kafolatlari va sudya lavozimiga nomzodlar va saylangan shaxslarga qo’yilgan talablar xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan.
Shuningdek, sudyalarning vakolatlarini bekor qilish asoslari va tartibi aniqlashtirilib, sudyalarning ijtimoiy himoyasi ta'minlanmoqda.
Yangi tahrirdagi qonun bilan muqaddam qabul qilingan “Sudlar to’g’risida”gi qonunda qanday farq borligi haqida savol tug’ilishi tabiiy.
Yangi qabul qilingan “Sudlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan sudya lavozimida bo’lishning eng yuqori yoshi belgilandi, ya'ni Oliy sud sudyasi lavozimida bo’lishning eng yuqori yoshi 70 yoshni, boshqa sudlar sudyalari uchun – 65 yoshni tashkil etishi ko’rsatildi.
Sudyalarning lavozimda bo’lish muddatlari ko’rsatilib, unga ko’ra, sudya birinchi marta 5 yillik muddatga, navbatdagi 10 yillik muddatga va lavozimda bo’lishning muddatsiz davriga belgilangan tartibda saylanishi yoki tayinlanishi belgilab qo’yildi.
Bundan tashqari, xalq maslahatchisi bo’lishga qo’yiladigan talab belgilandi. 35 yoshdan kichik bo’lmagan, fuqarolarning yashash yoki ish joyidagi yig’ilishida ochiq ovoz berish yo’li bilan ikki yarim yil muddatga saylangan O’zbekiston fuqarosi xalq maslahatchisi bo’lishi mumkinligi ko’rsatildi.
Qolaversa, bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo’lgan odil sudlovni amalga oshirishda har bir kishiga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanishi, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida himoyalanish huquqi ta'minlanishi belgilab berildi.
Odil sudlovni amalga oshirishda har bir kishiga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanganligi xalq manfaatiga hamda fuqarolarimizning sudga bo’lgan ishonch hissini yanada oshirishga xizmat qiladi.
D.I.Ismatullayeva - FIB Farg’ona tumanlararo sudining sudyasi
M.Qodiraliyev - Farg’ona shaxar adliya bo’limi boshlig’i
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram