Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGIDA DAVLAT ORGANI YOKI BOSHQA TASHKILOT XODIMINING FAOLIYATIDA MANFAATLAR TO’QNASHUVINING OLDINI OLISH BO’YICHA CHEKLOVLAR

×

 2024-06-28 08:23:30    225

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining faoliyatida manfaatlar to’qnashuvining oldini olish bo’yicha cheklovlar

 

Mamlakatimizda davlat muassasalarining, davlat unitar korxonalarining, davlat maqsadli jamg’armalarining va ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo’lgan aktsiyadorlik jamiyatlarining davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarda manfaatlar to’qnashuvi bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2024 yil 5 iyun kuni O’zbekiston Respublkasining “Manfaatlar to’qnashuvi to’g’risida”gi O’RQ-931-sonli Qonuni qabul qilindi.

Qonunda davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg’armalariga, shuningdek o’z ustav fondida (ustav kapitalida) davlat organlarining yoki boshqa tashkilotlarning ulushi jami 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo’lgan yuridik shaxslarga nisbatan faqat ularning davlat xaridlari sohasidagi munosabatlariga nisbatan tatbiq etililishi belgilandi.

Qonun bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritib, O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan «Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida»gi O’RQ-419-sonli Qonuniga manfaatlar to’qnashuvi tushunchasi kiritilib, manfaatlar to’qnashuvi deganda, shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning o’z lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta'sir ko’rsatayotgan yoxud ta'sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari o’rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar to’qnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin bo’lgan (ehtimoliy manfaatlar to’qnashuvi) vaziyat tushunilishi belgilangandi.

Qonunga ko’ra manfaatlar to’qnashuvining oldini olish maqsadida davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi xizmat mavqeini suiiste'mol qilish orqali shaxsiy naf olishga, manfaatlar to’qnashuvi haqidagi axborotni oshkor etish chog’ida ma'lumotlarni yashirishga yoxud bila turib yolg’on yoki noto’g’ri axborot taqdim etishga, biri boshqasiga bo’ysunuvchi yoki biri boshqasining nazoratidagi tashkilotlarda o’rindoshlik bo’yicha ishlashga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno, tijorat tashkilotlarining ta'sischisi (aktsiyadori, ishtirokchisi) bo’lishga, bundan aktsiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada bo’lgan aktsiyalarining o’n foizigacha egalik qilish hollari mustasno, o’zi mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organi yoki boshqa tashkilotning nazoratida bo’lgan tadbirkorlik faoliyati sub'ektining aktsiyalariga yoki ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga egalik qilishga, shuningdek ushbu tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining boshqaruv organi a'zosi bo’lishga, bundan O’zbekiston Respublikasi qonunlarida hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan yoki bu faoliyat qonunchilikka muvofiq lavozim majburiyatlari hisoblanadigan hollar mustasno. Bunda davlat organi yoki boshqa tashkilot nazoratida bo’lgan tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining aktsiyalariga yoki ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga egalik qilgan yoxud mazkur tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining boshqaruv organlari a'zosi bo’lgan shaxs mazkur davlat organida yoki boshqa tashkilotda xodim lavozimini egallagan hollarda, u qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu aktsiyalarni yoki ulushlarni bir oy ichida realizatsiya qilishi, boshqaruv organlarining a'zoligidan chiqishi kerak, o’zi mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organlarida yoki boshqa tashkilotlarda o’ziga taalluqli bo’lgan ishlarni ko’rib chiqishda yoki o’ziga aloqador shaxslarga taalluqli bo’lgan ishlarni ko’rib chiqishda vakil sifatida ishtirok etishga, agar u qonunchilikka muvofiq qonuniy vakil bo’lmasa, o’zi mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan tashkilotning mol-mulkini sotib olishda yoki ijaraga olishda o’zi ishtirok etishga haqli emasligi belgilangan.

Qonunda davlat organlari yoki boshqa tashkilotlar xodimi lavozim majburiyatlarining yoki xizmat vakolatlarining o’ziga xos xususiyati hisobga olingan holda, unga nisbatan qonunchilikda belgilangan boshqa cheklovlar qo’llanilishi mumkinligi belgilangan.

Qonunda manfaatlar to’qnashuvi to’g’risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’lishi belgilangan.

Shuningdek, qonun bilan O’zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga davlat organining yoki boshqa tashkilotning mansabdor shaxsi yoki xodimi tomonidan manfaatlar to’qnashuvi to’g’risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan manfaatlar to’qnashuvi mavjudligi haqida xabar bermaslik, —bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’lishi, xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo’lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’lishi, davlat organining yoki boshqa tashkilotning mansabdor shaxsiga ma'lum bo’lib qolgan, manfaatlar to’qnashuvi to’g’risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan mavjud yoki ehtimoliy manfaatlar to’qnashuvini tartibga solish yuzasidan choralar ko’rmaslik, —bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’lishi, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo’lsa, —bazaviy hisoblash miqdorining o’n baravaridan o’n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’lishi, ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar davlat xaridlari sohasida sodir etilgan bo’lsa —mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o’ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’lishi haqidagi 1934-moddasi manfaatlar to’qnashuvi to’g’risidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik haqidagi ma'muriy javobgarlik bilan to’ldirilgan.

Mazkur qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran olti oy o’tgach kuchga kiradi.

 

Umidjon Ergashev - Rishton tumanlararo iqtisodiy sudi raisi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram