BILASIZMI?
2024-06-26 16:15:06 246
Bilasizmi?
Mamalakatimizda yoqilg’i–energetikasi resurslari bo’yicha olib borilayotgan islohotlar
Yurtimizda yoqilg’i-energetika sohasida bozor mexanizmlari joriy etib boriladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Yoqilg’i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida” qaror qabul qildi. Unga muvofiq: 2024-2025 yillarda yoqilg’i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o’zgarish grafigi;
2024 yil 1 maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste'molining “bazaviy me'yorlari” tasdiqlandi. Qarorga ko’ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi 2024 yil 1 mayga qadar:
Tabiiy gaz va elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash, sotish va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish tariflarini, elektr va issiqlik energiyasi, shuningdek, tabiiy gaz iste'molchilari va ulgurji qayta sotuvchilardan tushadigan mablag’larni taqsimlash tartibini qayta ko’rib chiqib, tasdiqlaydi.
Statistika agentligi 2024 yil 1 mayga qadar yoqilg’i-energetika resurslari narxlari oshishini hisobga olgan holda minimal iste'mol xarajatlari qiymatini qayta ko’rib chiqib, e'lon qiladi. Quyidagi toifadagi iste'molchilar uchun yuzaga kelishi mumkin bo’lgan qo’shimcha xarajatlarni qoplash bo’yicha vaqtincha kompensasiya joriy etiladi:
“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta'minlangan oilalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar;
Yagona reestrga kiritilmagan, “mahalla yettiligi” xulosasi asosida aniqlanadigan qo’shimcha ehtiyojmand oilalar.
Bunda:
“mahalla yettiligi” tomonidan shakllantirilgan qo’shimcha ro’yxatdagi ehtiyojmand oilalar soni tegishli mahalladagi Yagona restrga kiritilgan oilalar sonining 15 foizidan oshmasligi kerak. Tuman (shahar) hokimliklari tegishli tuman (shahar) bo’yicha Yagona restrga kiritilgan oilalar sonining 15 foizidan oshmagan holda, mahallalar kesimidagi ehtiyojmand oilalar qo’shimcha ro’yxatiga o’zgartirish kiritishi mumkin.
Isitish mavsumida (noyabr - fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensasiya turlari taqdim etiladi:
a) Ijtimoiy himoya milliy agentligi AT “Xalq banki” bilan birga noyabr oyida 270 ming so’m miqdorida bir martalik moddiy yordam o’tkazib beriladi;
b) elektr energiyasi va tabiiy gaz bo’yicha quyidagi miqdorlardagi iste'mol uchun bazaviy me'yor doirasidagi hamda bazaviy me'yordan oshgan narxlar o’rtasidagi farq kompensasiya qilib beriladi:
tabiiy gaz uchun - oyiga bazaviy me'yordan ortik foydalanilgan 250 kub metrgacha;
elektr energiyasi uchun - oyiga bazaviy me'yordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha.
Bunda, ushbu bandda nazarda tutilgan kompensasiya to’lovlari O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali to’lab beriladi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatlaridagi ehtiyojmand oilalar uchun to’lovlar oktyabr oyidan boshlab amalga oshiriladi. 2024 yil 1 iyuldan boshlab yuridik shaxslarga yetkazib beriladigan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to’lovlar 100 foiz oldindan amalga oshiriladi.
M.Qodiraliyev - Farg’ona shahar adliya bo’limi boshlig’i
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram