BILASIZMI?
2024-06-25 16:58:17 310
Bilasizmi?
Davlat xizmatlarini ko’rsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi
Qonunchilikka muvofiq, aholi va tadbirkorlik subektlariga davlat xizmatlarini ko’rsatish sohasida qo’shimcha qulaylik yaratish maqsadida:
Mobile-ID tizimida fuqarolarni identifikasiya qilish ularning xohishiga ko’ra ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish jarayonida kompozit shaklda amalga oshiriladi;
avval davlat ro’yxatidan o’tkazilgan (davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yo’li bilan tasdiqlangan) va hozir ham amalda bo’lgan ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlar to’g’risidagi ma'lumotlarni elektron tarzda davlat reestriga kiritish va bu haqida davlat reestridan ko’chirma berish bepul amalga oshiriladi;
noturar joylarni boshqa shaxsga o’tkazishga oid bitimlarni rasmiylashtirish bitim tomonlari davlat xizmatlari markaziga kelgan va ularning shaxsi markaz xodimi tomonidan aniqlashtirilgan holda amalga oshiriladi hamda rasmiylashtirilgan bitim bir vaqtning o’zida davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun kadastr organlariga yuboriladi.
Abdumannon Umriddinov - So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram