Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 166 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NOGIRONLIGI BO’LGAN SHAXSLARGA BERILAYOTGAN IMKONIYATLAR

×

 2024-06-25 16:27:01    174

PDF yuklash
Chop etish


Nogironligi bo’lgan shaxslarga berilayotgan imkoniyatlar


Nogironligi bo’lgan shaxslar - bu aqliy yoki jismoniy imkoniyati cheklangan odamlardir, shuning uchun ular o’zlarining kundalik ehtiyojlari va ishlarida ularni qo’llab quvvatlash uchun kimgadir bog’liqdirlar. Nogironligi bo’lgan shaxslar huquqlari – bu inson huquqlarining mahsus sohasi emas, balki uning aynan o’zidir. Ular boshqalar bilan bir xil huquqlardan foydalanishlari kerak, va bu huquqlar hech qanday istisnosiz yoki kamsitishlarsiz beriladi. Aynan shu huquqiy tenglikni ta'minlash, ularni qo’llab quvvatlash, jamiyat hayotining barcha sohalarida ishtirok etishlari uchun zarur shart sharoit yaratish maqsadida 27.07.2023-yil O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Nogironligi bo’lgan shaxslarni qo’llab- quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida" gi PQ-74-son qarori imzolandi. Ushbu qarorga ko’ra nogironligi bo’lgan shaxslarga ko’plab imtiyozlar berildi. Bu imtiyozlar sirasiga:

        I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslar, nogironligi bo’lgan bolalar hamda ularga g’amxo’rlik qiluvchi fuqarolarga davlat idoralari va tashkilotlari tomonidan ko’rsatiladigan davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanishi;

Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-iyulga qadar nogironligi bo’lgan muhtoj shaxslar ta'minlanadigan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari ro’yxatini kengaytirilishi;

        I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslar, nogironligi bo’lgan bolalar va ularga g’amxo’rlik qiluvchi (yo’lda kuzatib boruvchi) bir nafar fuqaro uchun davlat idoralari va tashkilotlari tomonidan, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari, sog’liqni saqlash, ta'lim, madaniyat muassasalarida fuqarolarning bevosita hozirligida (joyida) ko’rsatiladigan xizmatlardan navbatsiz foydalanishi, davlat idoralari rahbarlari (mansabdor shaxslari) qabuliga navbatsiz kirishi;

2023-yil 1-maydan boshlab tibbiyot muassasalarida davolanayotgan nogironligi bo’lgan bolaga g’amxo’rlik qilish uchun shu muassasada uning otasi yoki onasiga (ularning o’rnini bosuvchi shaxsga) yoxud oilaning bolani bevosita parvarishlayotgan boshqa a'zosiga nogironligi bo’lgan bolaning yonida birga bo’lish uchun sharoit yaratilishi. Jumladan, statsionar tibbiyot muassasalarida nogironligi bo’lgan bolani parvarishlayotgan shaxsga mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilishi, bolalikdan nogironligi bo’lgan shaxslarga g’amxo’rlik qiluvchi shaxslar (ota-onasi va boshqalar) uchun davolash davrida davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bepul ovqatlanish yo’lga qo’yilishi, pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan bolalarning nogironligi bo’lgan shaxs deb topilishi asosli ekanligini aniqlash maqsadida ularni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi tuman (shahar) bo’limlarining yo’llanmasiga asosan qaytadan tibbiy-ijtimoiy ekspertizaga yuborish tartibi bekor qilinishi kabi va boshqa imtiyozlar kiradi

Mazkur qarorga ko’ra nogironligi bo’lgan shaxslarning ixtiyoriy bepul yordam olishlariga (pro bono) ko’maklashish uchun “Yuridik yordam” axborot tizimida advokatlik tuzilmalari va advokatlar foydalanishi uchun ochiq bo’lgan nogironligi bo’lgan shaxslarning murojaatlari bo’limi yaratiladi.

Bunda nogironligi bo’lgan shaxslarning ixtiyoriy bepul yuridik yordam (pro bono) olish bo’yicha murojaatlari “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritiladi hamda ixtiyoriy yordam ko’rsatilishi uchun advokatlik tuzilmalari va advokatlar e'tiboriga yetkaziladi, ixtiyoriy bepul yuridik yordam ko’rsatish istagida bo’lgan advokatlik tuzilmalari hamda, advokatlar uchun bunday yordam taklif qilishning texnik imkoniyati yaratiladi.

Advokatlik tuzilmalari va advokatlardan ular ko’rsatgan ixtiyoriy bepul yuridik yordam (pro bono) to’g’risida hisobot talab qilinmaydi.

Qarorda Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, nogironligi bo’lgan shaxslar, nogironligi bo’lgan bolalar va ularga g’amxo’rlik qiluvchi shaxslarga o’z huquqlaridan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida.

Sog’liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023-yil 1-iyunga qadar nogironligi bo’lgan shaxslar va ularga g’amxo’rlik qiluvchi fuqarolar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlarning yagona ro’yxatini shakllantirsin va doimiy yangilab borishi.

Adliya vazirligi bilan birgalikda nogironligi bo’lgan shaxslar va ularga g’amxo’rlik qiluvchi fuqarolar uchun belgilangan imtiyozlarning yagona ro’yxatini “Advice.uz” (e-maslahat.uz) huquqiy axborot portalida e'lon qilib, Internet tarmog’i orqali muntazam yoritib borishni ta'minlashi;

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Inson huquqlari bo’yicha Milliy markaz bilan birgalikda uch oy muddatda nogironligi bo’lgan shaxslarni ishga qabul qilishda dastlabki sinov muddatini qo’llash masalasini xorijiy ilg’or tajribalar asosida o’rganib chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritishi.

2023/2024 o’quv yilidan boshlab “Maxsus pedagogika, defektologiya” magistratura mutaxassisliklari bo’yicha davlat oliy ta'lim muassasalariga qabul to’liq davlat granti asosida amalga oshirilishi.

Bunda, davlat granti asosida o’qitish davlat oliy ta'lim muassasalari magistraturasiga ajratilgan davlat granti asosidagi umumiy qabul parametrlari doirasida amalga oshirilishi va boshqalar keltirib o’tilgan.

Mazkur qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas'ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklangan.

 

M.Qodiraliyev - Farg’ona shahar adliya bo’limi boshlig’i



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram