Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 176 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XOTIN-QIZLAR FAOLINING MEHNAT HUQUQI HIMOYASI TA'MINLANDI

×

 2024-06-24 17:54:17    167

PDF yuklash
Chop etish


Xotin-qizlar faolining mehnat huquqi himoyasi ta'minlandi

 

Ma'lumki, mamlakatimizda uzoqni ko’zlab olib borilayotgan keng qamrovli isloxotlarning asosiy yo’nalishlaridan biri – bu ayollarning huquq va manfaatlarini ta'minlanishi bilan bog’liq harakatlar hisoblanadi.

Bu borada mahallalarda aynan xotin-qizlarning muammolari bilan ishlovchi ayol xodimlarning mehnat huquqlarini kamsitilishi kelishib bo’lmas holatdir.

Da'vogar Muminova Xavoxon Akbarovna Qo’shtepa tumani “Qoraqushchi” mahalla fuqarolar yig’ini raisining Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar bo’yicha o’rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi

PF-5938-sonli Farmoni 27-bandi ko’ra, Farmonga ko’ra, 2020 yil 1 iyuldan fuqarolarning o’zini-o’zini boshqarish xodimlari lavozim maoshiga 30 foiz ustama to’lash joriy etilgan. Ustamalar Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashi sessiyasida ko’rib chiqilishi, to’lovlar hokim farmoyishiga asosan amalga oshirilishi, tumandagi o’zini-o’zini boshqarish organlari tomonidan Kengash sessiyasida ko’rib chiqish uchun tegishli ma'lumotlar taqdim etilishi lozim bo’lgan.

Uning mehnat faoliyati, ayniqsa, global pandemiya sharoitida jonini tikib fidokorlik ko’rsatib 2020 yil avgustdan 2021 yil sentyabrga qadar ishlagan davrida ish haqiga 30 foizlik ustama to’lovlari to’lanmasdan kelgan.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan o’zaro huquq va majburiyatlar bilan bog’liqdir.

Insonning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo’yishga hech kim haqli emas.

Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi. Insonning huquq va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi.

Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo’llaniladigan huquqiy ta'sir choralari mutanosiblik printsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo’lishi kerak.

Inson bilan davlat organlarining o’zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.

Sudlar, Qo’shtepa tumani hokimligi yuqoridagi Farmon talabiga ko’ra, da'vogarga 2020 yil avgust oyidan 2021 yil sentyabr oyiga qadar davr uchun har oyda ish haqiga 30 foiz ustama to’lashi shartligi, qonun talabiga ko’ra, hokim qonunlarning hamda O’zbekiston O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etishi lozimligi, o’zini-o’zi boshqarish organlari tomonidan Kengash sessiyasida ko’rish uchun ma'lumotlar taqdim etilmaganligi ish haqiga ustama to’lamaslik uchun asos bo’lmasligi, tuman hokimligi Prezident Farmoni ijroni tashkil etish va unda ko’zda tutilgan ustamalarni to’lashi shart bo’lganligi, ushbu majburiyatlarning bajarilmasligida xodimning aybi yo’qligini inobatga olganlar.

Shunga ko’ra, da'vogar Muminova Xavoxon Akbarovnaning 5.609.600 so’mlik ish haqlari javobgar Qo’shtepa tumani hokimligidan undirilib, ayol xodimning buzilgan huquqlari himoyasi sudlar tomonidan ta'minlandi.

Buzrukxon Abrorov - Farg’ona viloyat sudi fuqarolik ishlari bo’yicha sudyasi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram