Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyun 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 97 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA ENG FAOL MAKTAB BITIRUVCHILARIGA KUMUSH VA OLTIN MEDALLAR TOPSHIRILDI

×

 2024-06-24 17:46:25    85

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida eng faol maktab bitiruvchilariga kumush va oltin medallar topshirildi


Bugun tuman madaniyat markazida umumiy o’rta ta'lim maktablarni oltin va kumush medallar bilan bitirgan talabalarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Taqdirlash marosimida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman sektorlari rahbarlari, maktab direktorlari va bitiruvchilarnig ota-onalari ishtirok etdilar.


Barcha bitiruvchilarni tabriklab, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev oltin va kumush medallar bilan bitirgan talabalarning ota-onalariga loyiq va munosib farzand tarbiyalaganliklari uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.


Bugun tumanimizning 33 ta umumiy o’rta ta'lim muassasalarini 1 232 nafar talabalar bitirishmoqda. Bu yili bitiruvchilarning 92 nafari maktabni medallar bilan tamomladi. Bugungi tadbirda 9 nafar iqtidorli talabalarga kumush va 83 nafar eng fa'ol talabalarga esa, oltin medallar taqdim etildi. 


Medallarni bitiruvchilarga tuman hokimi va barcha sektorlar rahbarlari taqdim etdilar.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






























Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram