Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyun 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 78 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

LENBUR MAHALLASINING YOSH FUTBOLCHILARI RESPUBLIKADA BIRINCHI!

×

 2024-06-20 16:03:12    360

PDF yuklash
Chop etish


Lenbur mahallasining yosh futbolchilari Respublikada birinchi!

Futbol millionlar o’yini. Joriy yildan boshlab Angliya maktab futbol assotsiatsiyasi tajribasidan kelib chiqib, 8−11-sinf o’quvchilari o’rtasida maktab futboli yetakchisini tanlab olish tizimi joriy etildi.

 

Shuningdek, 12−15 yoshli o’smirlar o’rtasida ikki bosqichli “Mahalla ligasi” hamda 16−30 yosh toifasi o’rtasida uch bosqichli Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari tashkil etiladi.


Bular mahallalardan boshlab futbol infratuzilmasini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni tanlash va qo’llab-quvvatlash, milliy terma jamoalar uchun sifatli zaxira shakllantirishga xizmat qiladi. Xuddi shunday maqsadlarda Lenbur mahallasida ham 12-15 yoshli yoshlar o’rtasida futbol tugaragi tashkil qilingan bo’lib, 25 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etib kelmoqdalar.


- To’garak murabbiysi Latifi Abdurahimov tomonidan haftada 5 kun mashg’ulotlari o’tkazib kelinmoqda. Toshkent shahrida tashkil qilingan bolalar va o’smirlar o’rtasidagi ochiq chempionatida jamoamiz faxrli 1-o’rinni egallashga muvaffaq bo’lishdi. Jamoa murabbiyi va to’garak a'zolariga keyingi musobaqalarda omadlar tilab qolamiz, - deya bizga xabar yo’llamoqda mahalla yoshlar yetakchisi Shohboz Amiraliyev.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram