EHTIYOJMAND FUQAROLAR VA KAM TA'MINLANGAN OILALAR HOLIDAN HABAR OLINDI
2024-06-20 16:01:38 433
Ehtiyojmand fuqarolar va kam ta'minlangan oilalar holidan habar olindi
Ehtiyojmand fuqarolar, kam ta'minlangan, ko’p bolali oilalar holidan xabar olish kabi ezgu amallar, bayram va tarixiy kunlarda ularni tabriklash yaxshi an'anaga aylanib qolgan. Berilgan mehr-oqibat bunday insonlar ko’nglida hayotga bo’lgan shavqni yanada oshiradi.
So’x tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan Qurbon hayiti munosabati bilan yolg’iz va nogironligi bo’lgan, ehtiyojmand oilalarning holidan xabar olinib, ularga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari markaz xodimlari ishtirokida manzilli yetkazib berildi.
- Bunday xayrli amallarni muntazam davom ettiramiz va berilgan bir lahzali mehr bunday fuqarolarni yanada quvontiradi. Aslida mehr ulashish, odamlarga mehribonlik qilish odamiylikning eng oliy fazilatidandir, - deydi markaz direktori Sayidali Temiraliyev.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram