SO’X TUMANI HOKIMI O’RINBOSARI MUSLIMBEK MAVLONBEKOV AQSH DAVLATIDA TAJRIBA O’RGANMOQDA
2024-06-20 15:59:56 426
So’x tumani hokimi o’rinbosari Muslimbek Mavlonbekov AQSh davlatida tajriba o’rganmoqda
Qishloq xo’jaligi sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, sohada sifatli mahsulot yetishtirilishida yetakchi davlatlar tajribasini o’rganish va uni amalda joriy etish maqsadida O’zbekiston bilan xorijiy davlatlar o’rtasida o’zaro tajriba almashish an'anasi yo’lga qo’yilgan.
Ayni kunda bir guruh soha vakillari meva-sabzavotchilikning qiymat zanjirini rivojlantirish bo’yicha malaka va ko’nikmalarini oshirish maqsadida AQSh davlatida bo’lib turibti. Delegatsiya tarkibida So’x tumani hokimining o’rinbosari Muslimbek Mavlonbekov ham bor.
Muslimbekning so’zlariga ko’ra, mazkur loyiha doirasida 12-28 iyun kunlari AQShda o’quv-treninglar tashkil etiladi.
Mazkur treningdan ko’zlangan maqsad AQShning oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi sohasida meva-sabzavotchilikning qiymat zanjirini rivojlantirish bo’yicha ma'lumotlarni to’plash, tartibga solish, tahlil qilish va tarqatishga qaratilgan bilimlarni boshqarish va bozor axborot tizimlari sohalarida AQShning ilg’or tajribasini o’rganish va Respublikamizda keng joriy etishdan iborat.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram