Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 127 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MEDIATSIYA INSTITUTINING AHAMIYATI

×

 2024-06-20 10:56:37    454

PDF yuklash
Chop etish


Mediatsiya institutining ahamiyati


           Zamonaviy tushunchaga ega mediatsiya XX asrning ikkinchi yarmida anglo-sakson huquqi oilasiga kiruvchi  AQSh, Avstraliya va Buyuk Britaniya mamlakatlarida rivojlanib, YEvropaga tarqala boshladi. Mediatsiya instituti takomillashguniga qadar oilaviy mojarolarni hal qilish holatlarida qo’llanila boshlandi. Keyinchalik esa mediatsiya turli xil mojarolarni hal qilishda ham keng tadbiq etildi.

           1970 yilning boshlarida AQShning bir qator yirik shaharlarida ko’ngilli mediatorlar ishtirokida eksperimental mediatsiya dasturlarini amalga oshirish boshlab yuborildi. Shu asnoda, keyingi yigirma yil davomida butun mamlakat bo’ylab yana yuzlab shunday dasturlar o’tkazildi.  Hozirgi kunga kelib esa mediatsiya amaliyoti Amerika Qo’shma Shtatlarini juda keng miqyosda qamrab oldi.

           Ayni paytda AQSh sud amaliyoti shunday yo’naltirilganki, ko’plab mojarolar ko’ngilli tarzda sudgacha hal qilishga, ayniqsa sud jarayoni bosqichida ham sudya sudni to’xtatib, tomonlarga mediator bilan ishlab ko’rishni tavsiya qilishi mumkin.

           AQShda iqtisodiyot, siyosat va biznes sohalaridagi biron-bir jiddiy kelishuv mediator yordamisiz amalga oshirilmaydi.

           Bundan tashqari, mamlakatda mediatsiya muammolarini yoritib beruvchi maxsus jurnal (Ejekvartalnыy jurnal po mediatsii) chop etiladi.

           E'tiborlisi, Amerika Qo’shma Shtatlarida mediatsiyaning yangi uslublarini ishlab chiqish bilan shug’ullanuvchi bahslarni hal qilish milliy instituti faoliyat yuritadi.

           Shuningdek, mamlakatning xususiy va davlat mediatsiya xizmatlari mavjud bo’lib, bu borada Amerika hakamlik assotsiatsiyasi (American Arbitration Association) juda katta mavqega ega.

           Hozirda tashkilot tomonidan o’zining hakamlik tekshiruvlari (arbitraj) va mediatsiya qoidalari tasdiqlanib, ichki nizolar ham ko’rib chiqilmoqda.

           Mamlakatimizda mediatsiya institutining rivojlanish tarixi  O’zbekiston Respublikasining 2018 yil 3 iyuldagi “Mediatsiya to’g’risida”gi  Qonuni qabul qilinishi bilan izohlanadi.      Mazkur Qonun qabul qilinguniga qadar mediatsiyaning elementlarini o’zida aks ettirgan kelishuv shakli mavjud edi. Qonun bilan mediatsiya ishtirokchilari hamda ularning huquq va majburiyatlari, mediatsiyani qo’llash va mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish batafsil yoritib berildi.

           Qolaversa, ilk bor mediatsiya, mediator, mediativ kelishuv va uning boshqa turlari tushunchalariga ta'rif berildi.

           Unga ko’ra, mediatsiya bu - kelib chiqqan nizoni taraflar o’zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko’magida hal qilish usulidir. Mediator mediatsiyani amalga oshirish uchun taraflar tomonidan jalb etiladigan shaxsdir. Mediativ kelishuv mediatsiyani qo’llash natijasida mediatsiya taraflari tomonidan erishilgan kelishuvdir. Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to’g’risidagi kelishuv esa taraflarning tuzilgan paytdan e'tiboran mediatsiya tartib-taomili amalga oshiriladigan kelishuvidir. Mediatsiyani qo’llash to’g’risidagi kelishuv - nizo kelib chiqquniga qadar yoki u kelib chiqqanidan so’ng taraflarning nizoni mediatsiya              tartib-taomilini amalga oshirgan holda hal etish zarurligi to’g’risida tuzilgan kelishuvdir.

           Shuni qayd aytib o’tish lozimki, amaldagi O’zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi ham tegishincha to’ldirildi, tegishli o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi.

           Bugungi kunga kelib, “Mediatsiya to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi mediatsiya instituti qo’llash orqali kelishmovchiliklarni suddan tashqari hal qilish imkoniyatini yaratdi.

 

U. Ergashev - Rishton tumanlararo iqtisodiy sudi raisi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram