QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR
2024-06-13 11:35:12 698
Qonunchilikdagi yangiliklar
Xodim mavjud manfaatlar to’qnashuvi o’ziga ma'lum bo’lganda rahbariga yoki maxsus bo’linmaga xabar berishi shart
Qonunga ko’ra, davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi quyidagi hollarda mavjud manfaatlar to’qnashuvi o’ziga ma'lum bo’lib qolgan paytdan e'tiboran 1 ish kuni ichida mavjud manfaatlar to’qnashuvi haqidagi belgilangan shakldagi xabarnomani to’ldirishi va o’zining bevosita rahbariga (tashkilot rahbariga – yuqori turuvchi rahbarga) yoki maxsus bo’linmaga taqdim etishi shart, agar:
yaqin qarindoshlari bevosita xodimning bo’ysunuvidagi ishga qabul qilingan bo’lsa (davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi lavozimga ishga qabul qilingan hollar bundan mustasno) yoki xodimning ishiga fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida o’ziga aloqador shaxslar jalb etilgan bo’lsa;
u o’ziga aloqador shaxslarga taalluqli masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etayotgan bo’lsa;
yaqin qarindoshi tekshiruv o’tkazilayotgan ob'ektda (yuridik shaxsda) tekshiruv yo’nalishi bo’yicha mas'ul mansabdor shaxs sifatida ishlayotgan bo’lsa yoki mazkur tekshiruv ob'ekti (yuridik shaxs) unga aloqador shaxs bo’lsa;
boshqa har qanday mavjud manfaatlar to’qnashuvi o’ziga ma'lum bo’lib qolsa.
Qonunning to’liq matni: https://lex.uz/pdfs/6952742
Abdumannon Umriddinov - So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram