Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 174 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR HUDUDIDAGI QAL'ACHA VA TUL MAHALLA FUQAROLAR YIG’INLARIDA TUMAN HOKIMI ISHTIROKIDA SAYYOR QABULLAR O’TKAZILDI

×

 2024-06-13 11:28:51    632

PDF yuklash
Chop etish


1-sektor hududidagi Qal'acha va Tul mahalla fuqarolar yig’inlarida tuman hokimi ishtirokida sayyor qabullar o’tkazildi

So’x tumani 1-sektor hududidagi Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirokida bo’lib o’tgan sayyor qabulda mahalla fuqarolari tuman hokimiga o’z muammolari yuzasidan murojaat etdilar.

 

Sayyor qabul jarayonida fuqarolar tomonidan yo’lni ta'mirlash, gaz va elektr ta'minotini yaxshilash, uy-joyni ta'mirlashda va uy-joy bilan ta'minlashda ko’maklashish, ichimlik suvi bilan ta'minlash masalasi, bola puli, moddiy va tibbiy yordam berishni so’rab murojaat qilishdi.

 

Fuqarolarning murojaatlari tinglanib ularga huquqiy tushunchalar va amaliy yordam berilishi bo’yicha tegishli mas'ullarga ko’rsatmalar berildi.

 

Tul mahalla fuqarolar yig’inida ham asosan hudud fuqarolarining murojaatlari o’rganildi. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev Qurbon Hayitiga munosib tayyorgarlik ko’rishda mahalla yettiligiga zaruriy topshiriq va vazifalar yukladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram