TADBIRKORLAR BILAN SEKTOR RAHBARLARI ISHTIROKIDA OCHIQ MULOQOT O’TKAZILDI
2024-06-12 18:02:57 167
Tadbirkorlar bilan sektor rahbarlari ishtirokida ochiq muloqot o’tkazildi
Tuman davlat soliq inspektsiyasi idorasida tuman sektorlar rahbarlarining tuman tadbirkorlari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Ochiq muloqot tarzida bo’lib o’tgan mazkur tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirok etdi va qilingan har bir murojaat manzilli va tizimli hal etilib, ijroga yo’naltirilishi haqida gapirdi.
Ochiq muloqotga taklif etilgan, ammo unda qatnashmagan tadbirkorlarga ochiq muloqot natijasi haqida ma'lumot yetkazish bo’yicha tadbir ishtirokchilariga takliflar bildirildi. Ochiq muloqot davomida bir guruh tadbirkorlar tomonidan “So’x savdo komppleksi”dagi holat, tumanda yangi savdo majmsasi tashkil etilgan bo’lsada, unda ishlar tashkil etilmaganligi xususida murojaat yo’llagani barchaga yetkazildi.
Savdo majmuasida tadbirkorlar tomonidan o’nlab savdo rastalari o’zlashtirilgani, biroq, haligacha mazkur hududda savdo-sotiq jarayoni boshlanmagani haqida tanqidiy fikrlar bildirildi. Tadbirkorlarga mazkur holatlarga oid qonuniy choralar borligi va ularni ijroga yo’naltirilishi haqida yetarli ma'lumotlar berildi.
Savdo majmuasida Qurbon Hayiti arafasida ishlar boshlanishi bo’yicha taklif va tavsiyalar berildi. Ma'lumot uchun: oxirgi marta Farg’ona viloyati hokimligi tomonidan majmuani rivojlantirish va obodonlashtirish uchun bir milliard so’mdan ortiqroq mablag’ yo’naltirilgan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram