Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 130 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DAVLAT XIZMATLARI KO’RSATISHDA FACE-ID TIZIMI JORIY QILINADI

×

 2024-06-12 17:59:47    165

PDF yuklash
Chop etish


Davlat xizmatlari ko’rsatishda Face-ID tizimi joriy qilinadi

Davlatimiz rahbarining joriy yil 24 maydagi “Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to’g’risida”gi farmoni bilan davlat xizmatlari ko’rsatishda Face-ID tizimi joriy qilinadi.


Bu qanday tizim va qachondan joriy qilinadi? Qaysi davlat xizmatlari proaktiv shaklga o’tkazilmoqda?  


– Prezidentimizning farmoni bilan davlat xizmatlarini ko’rsatish sohasida juda katta o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu sohada Face-ID tizimi joriy qilinmoqda.  


Face-ID tizimi – bu biror davlat xizmatidan foydalanmoqchi bo’lgan fuqaroni uning yuzidan tanib, u haqidagi ma'lumotlarni avtomatik ravishda aniqlaydigan tizim hisoblanadi.  


Hozirda fuqarolar Davlat xizmatlari markaziga kelganda, uning shaxsini aniqlash uchun pasport yoki ID-karta talab qilinadi. Face-ID tizimi joriy etilsa, ushbu hujjatlarga ham zarurat bo’lmaydi, tizimning o’zi fuqaroning kimligini aniqlab beradi.  


Aytib o’tish kerakki, sohadagi islohotlar natijasida keyingi besh yil davomida davlat xizmatlari ko’rsatishda talab qilinadigan hujjatlar soni ikki barobarga kamaydi.  


2024 yil yakuniga qadar davlat xizmatlarini ko’rsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi va fuqarolardan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi. Ushbu o’zgarishlar, albatta, fuqarolarning vaqtini va mablag’ini tejashga xizmat qiladi.  


Farmon bilan 11 turdagi davlat xizmati proaktiv shaklda ko’rsatilishi nazarda tutilgan.  


Hozirgi kunda ko’plab davlat xizmatidan foydalanish uchun fuqarodan ariza talab qilinadi. Proaktiv xizmatlar doirasiga kiradigan xizmatlar uchun esa ariza talab qilinmaydi.  


2024 yil 1 iyuldan proaktiv shaklga o’tkaziladigan davlat xizmatlari doirasi kengaytirildi. Bularga tabiiy gaz, ichimlik suvi, issiq suv, elektr energiyasi kabi resurslarni hisobga olish (hisoblagich) uskunasini qiyoslashdan o’tkazish, davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan o’tkazish, milliy toifali sport hakami toifasini berish, sport-ta'lim muassasasining bir necha xildagi malaka toifalarini olish kabi xizmatlar proaktiv shaklda amalga oshiriladi.  


Bu fuqarolarga yaratilgan katta qulaylik hisoblanadi.


Abdumannon Umriddinov - So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram