SO’X TUMANIDA HAM «QONUNIYLIKNI TA'MINLASH VA TEMIR INTIZOM OYLIGI» O’TKAZILMOQDA
2024-06-11 17:26:53 187
So’x tumanida ham «Qonuniylikni ta'minlash va temir intizom oyligi» o’tkazilmoqda
Farg’ona viloyati IIB boshlig’ining 2024 yil 29 may kunidagi 55-son Farmoyishiga asosan "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz!" shiori ostida o’tkazilayotgan "Qonuniylikni ta'minlash va temir intizom oyligi" doirasida Farg’ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi birinchi mintaqaviy hudud - So’x tumani IIB boshlig’i huzurida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish yuzasidan muhokama yig’ilishi bo’lib o’tdi.
“Uch avlod uchrashuvi” sifatida o’tkazilgan mazkur tadbirda ichki ishlar organlari da faoliyat olib borgan faxriylar va yoshlar ishtiprok etdilar.
Tashkil etilgan tadbirda xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan xodimlarning farzadlariga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 fevraldagi 4212-sonli va Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 iyuldagi 354-sonli qarorlari asosida oliy o’quv yurtlariga kirishlari uchun tavsiyanomalar topshirildi.
Tadbirdan so’ng IIB xodimlarining jangovar shayligi tekshirilib tashvish qoplari ko’zdan kechirildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram