SUDLARGA ELEKTRON SHAKLDA MUROJAAT QILISH TARTIBI SHAKLLANTIRILDI
2024-06-11 16:03:41 122
Sudlarga elektron shaklda murojaat qilish tartibi shakllantirildi
Mamlakatimizda so’nggi yillarda sudlar faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish bo’yicha amalga oshirilgan amaliy tadbirlar fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlariga o’z huquqlari va manfaatlarini ishonchli himoya qilish uchun sudga murojaat qilishni erkinlashtirishni ta'minlash imkonini yaratmoqda.
Sudlar faoliyatiga joriy etilgan axborot tizimlari sonining oshayotganligi va ulardan foydalanish tartibini soddalashtirish, shuningdek axborot va ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash choralarini kuchaytirish, axborot tizimlarining ma'lumotlar bazasini maqbullashtirish, fuqarolar
va tadbirkorlar masofadan turib sudlardan ma'lumotlar olish hamda ular bilan sudlar o’rtasida elektron hamkorlik doirasini kengaytirish orqali odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirish, sud xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish imkoniyatlarini raqamlashtirishni taqozo etmoqda.
Shunday ekan, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudning mavjud axborot tizimlari negizida, shuningdek zamonaviy texnologiyalarni hisobga olgan holda yangi dasturiy ta'minot asosida yagona platforma yaratilishiga erishildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 sentyabrdagi
“Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4818-sonli qarori bilan 2020-2023 yillarda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish Dasturi tasdiqlandi.
Dasturga muvofiq, 2022 yil 1 yanvardan boshlab sudlar faoliyatiga bosqichma-bosqich “Adolat” axborot tizimlari kompleksi joriy etiladi.
Hozirda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo’jalik boshqaruvi organlari, advokatlar tomonidan sudlarga da'vo, ariza va shikoyatlar faqat elektron shaklda taqdim etib kelinmoqda.
Shuningdek, sud majlisi ishtirokchilari tomonidan ma'lumotlar
va hujjatlarni elektron shaklda yuborish imkoniyati yaratilgan.
Bundan tashqari, sudlarda ish va sudlov ishini yuritish jarayonlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda raqamlashtirish orqali mehnat samaradorligini navbatdagi bosqichga ko’tarildi, shuningdek elektron hujjatlar aylanishi tizimini takomillashtirish hisobiga qog’oz va boshqa kantselyariya tovarlari sarfi yanada qisqarishiga erishildi.
U.Ergashev - Rishton tumanlararo iqtisodiy sudi raisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram