Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyun 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“ZILZILA HAFTALIGI" DOIRASIDA PROFILAKTIK TADBIRLAR AMALGA OSHIRILMOQDA

×

 2024-06-08 17:10:07    292

PDF yuklash
Chop etish


“Zilzila haftaligi" doirasida profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-apreldagi "Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 161-sonli hamda Farg’ona viloyat hokimining 2024-yil 26-aprel kungi 255-11-0-q/24-sonli qarori asosida hududlarda targ’ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.

Huddi shu mazmundagi So’x tumani hokimining qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga asosan, tumanimizda joylashgan bolalar oromgoxida "Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligini o’tkazish bo’yicha ob'ekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalari hamda tuman FVDqT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari" mavzusida maxsus-taktik o’quv mashqlari o’tkazildi.

Maxsus-taktik o’quv mashqlari jarayonida zilziladan zarar ko’rgan fuqarolarga birinchi yordam ko’rsatish va ushbu favqulodda vaziyatda qanday harakat qilishga doir amaliy mashqlar o’tkazildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram